Masofaviy Xizmatlari

Hozirgi vaqtda masofadan turib bank xizmatlaridan foydalanish har kungi ehtiyojdir va "KDB Bank O'zbekiston" sizga moliyaviy mabalag'laringiz va operatsiyalaringizni qaysi vaqtda va qayerda bo'lishingizdan qat'iy nazar masofadan turib boshqarish imkoniyatini taklif etadi.

Office.Net

"KDB Bank O'zbekiston" mahalliy va xalqaro korporativ mijozlar uchun Office.Net O'zbekiston - elektron bank platformasini taklif etadi.

Office.Net O'zbekistonning imkoniyatlari

  • Bir martalik parolni yaratuvchi qurilma tomonidan taqdim etiladigan mijoz-bank masofaviy aloqasi uchun xavfsizlik standartlari

  • Hisobvaraqlardagi harakatlarni kuzatib borish, hisobvaraq qoldiqlarini ko'rish va hisobvaraq bo'yicha ko'chirmalarga onlayn ulanish

  • To'lov ko'rsatmalarini milliy va xorijiy valyutalarda kiritish (yaratish / avtorizatsiya qilish / yuborish), to'lov holatini ko'rish

  • Pul mablag'larini xorijiy valyutadan milliy valyutaga konversiya qilish

  • Mijozning korporativ tuzilishiga muvofiq ko'p darajali autentifikatsiya tizimi

Shu bilan bir qatorda, "KDB Bank O'zbekiston" AJ korporativ mijozlar va jismoniy shaxslar uchun yaratilgan milliy valyutadagi operatsiyalar bo'yicha Internet Banking xizmatini taklif etadi.

Internet Banking

Internet Banking korporativ mijozlar uchun va jismoniy shaxslar uchun qulay bo'lgan masofaviy xizmat turi hisoblanadi.

Internet Banking korporativ mijozlar uchun va jismoniy shaxslar uchun qulay bo'lgan masofaviy xizmat turi hisoblanadi.Internet Banking imkoniyatlari

  • Mijoz-bank masofaviy aloqa tizimi uchun eng yuqori xavfsizlik standartlari

  • To'lov ko'rsatmalarini milliy valyutada kiritish (yaratish / avtorizatsiya qilish / yuborish), to'lov holatini ko'rish

  • To'lov holatini ko'rish

  • Pul mablag'larini milliy valyutadan xorijiy valyutaga konvertatsiya qilish (faqat jismoniy shaxs uchun)

  • Joriy vaqt rejimida hisobvaraqlardagi harakatlarni kuzatib borish, hisobvaraq qoldiqlarini ko'rish va hisobvaraq bo'yicha ko'chirmalarni ko'rish

  • Mijozning korporativ tuzilishiga muvofiq ko'p darajali autentifikatsiya tizimi

SMS Xabar

Mijoz mahalliy telefon raqamiga hisobvaraqda amalga oshirilgan operatsiyalar to'g'risida, mijozning iltimosiga binoan hisobvaraqdagi mablag' to'g'risida va Bankning turli xil qisqa ma'lumotli xabarlari haqida tezkor xabar oladi.

Mijoz mahalliy telefon raqamiga hisobvaraqda amalga oshirilgan operatsiyalar to'g'risida, mijozning iltimosiga binoan hisobvaraqdagi mablag' to'g'risida va Bankning turli xil qisqa ma'lumotli xabarlari haqida tezkor xabar oladi.

Imkoniyatlari:

  • Hisobvaraqlar harakatini mobil telefon orqali kuzatib borish

  • Oson va Xavfsiz xizmat

  • Qulay va Tejamkor

  • Bir hisobvaraqga bir nechta mobil telefon raqamlarini bog'lash

Agar siz "KDB Bank O'zbekiston" AJ ning korporativ mijozi bo'lsangiz, "SMS Xabar" xizmatini Bankning xizmat ko'rsatuvchi bo'limi orqali ulashingiz mumkin. Xizmat uchun xaq Bank Tariflariga muvofiq to'lanadi.