Kreditlash
«KDB Bank Uzbekiston» O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan korporativ mijozlarga milliy valyuta (UZS) va AQSh dollari (USD)da kredit mahsulotlarini taklif etadi.
Xorijiy moliya institutlaridan jalb qilingan mablag‘lar (jumladan, KDB Seul) AQSh dollarida berilayotgan kreditlarninng manbai bo’lib xizmat qilmoqda.
Kredit Mahsulotlari:
Ishlab chiqarish aylanma mablag'larini to'ldirish uchun kreditlar va aylanma kredit liniyalari (masalan, xom ashyo, komponentlar va materiallar sotib olish, kommunal to'lovlarni to'lash va boshqalar).
Asosiy vositalarni xarid qilish uchun kreditlar va moliyaviy lizing (masalan, texnika va uskunalar, binolar, transport vositalari sotib olish).
Katta investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun boshqa mahalliy va xorijiy banklar bilan sindikat kreditlari.
Shartlar va Ko'rsatmalar
Transaksiya bo‘yicha kredit: 20 million AQSH dollari / 250 milliard so‘m
Taxminiy foiz stavkasi: Term SOFR 3M + yillik 5% (USD) / Asosiy stavka + yillik 8% (UZS)
Maksimal Kredit Muddati: Ishlab chiqarish aylanma mablag'larini to'ldirish uchun 2 yil Asosiy vositalarni xarid qilish uchun lizing va kreditlar uchun 5 yil
Foizlarni Hisoblash: Kredit qoldig'i asosida
To'lovlar Davriyligi: Har oylik asosda
Ta'minot: Binolar va inshootlar;
transport vositalari;
texnika va uskunalar;
tovar-moddiy zahiralar;
Bank depozitlar;
Hukumat va boshqa moliyaviy institutlar kafolatlari va qimmatli qog‘ozlari.
Uchinchi tomonlar tomonidan berilgan kafolatlar va homiyliklar.
Talablar
Bank ketma-ket 2 (ikki) moliyaviy yil davomida zarar ko‘rgan va moliyaviy holati zaif bo‘lgan kompaniyalarga kredit ajratmaydi.
Zarur Hujjatlar:
Kreditni olish maqsadi, shuningdek, ta’minot tavsifini o‘z ichiga olgan kredit arizasi.
Bank tomonidan belgilangan shaklda to‘ldirilgan kredit so‘rovnomasi (anketa).
Arizachi korxonaning tashkil etish hujjatlari (ustav, guvohnoma va boshqa yuridik hujjatlar).
Biznes-reja (texnik-iqtisodiy asos) – unda ishlab chiqarish rejasi, moliyaviy reja, bozor tahlili, narx belgilash siyosati, loyiha xavf-xatarlari tahlili va kredit muddati uchun pul oqimi prognozi keltirilgan bo‘lishi kerak.
So'nggi 2 yil va joriy hisobot davri uchun moliyaviy hisobotlar – balans, foyda va zarar to‘g‘risidagi hisobot va ularga izoh.
Garov obyekti bo‘yicha mustaqil baholovchi tashkilotning baholash hisoboti.
Kredit olish va garov taqdim etish to‘g‘risida arizachi korxonaning vakolatli organining (aksiyadorlar yig‘ilishi, kuzatuv kengashi va boshqalar) qarori..
Eslatma: Bank tomonidan moliyalashtirilayotgan loyiha va mijozning biznesining tabiati bo'yicha qo'shimcha hujjatlar talab qilinishi mumkin.
Garov narsasini kreditning asosiy qarzi qoldigʻiga mutanosib ravishda bosqichma-bosqich garovdan chiqarish yoki almashtirish tartibi Mijoz yoki garovga qo‘yilgan mol-mulkning egasi (garovga qo‘yuvchi) garovga qo‘yilgan mol-mulkini bosqichma-bosqich garovdan chiqarish (yetarlicha qoplash koeffitsientini saqlab qolgan holda) yoki garov narsasini almashtirish (hamon yetarlicha qoplash koeffitsientini saqlab qolgan holda) uchun Bankka (garovga oluvchiga) ariza bilan murojaat qilishga haqli.
Mazkur ariza Bank tomonidan 30 (o‘ttiz) kundan ortiq bo‘lmagan muddat davomida ko‘rib chiqilishi lozim.
Garovni bosqichma-bosqich garovdan chiqarish yoki uni almashtirish Kredit qo‘mitasining qarori bilan amalga oshiriladi va qarori haqida mijozga 3 (uch) ish kuni mobaynida xabar beriladi. Arizani qanoatlantirish rad etilgan taqdirda, rad etishning sabablari yuzasidan xabar qilinadi.
Sahifa yangilangan sana: 29.05.2025