Aksiyadorlar umumiy yig'ilishi Bankning yuqori boshqaruv organi hisoblanadi. Yillik aksiyadorlar umumiy yig'ilishi moliyaviy yil tugaganidan keyin olti oydan kechikmay o'tkaziladi.

Ovozlar sonini hisoblash, aksiyadorlarning umumiy yig'ilishida ishtirok etishi uchun ro’yhatdan o’tkazish, shuningdek ovoz berish byulletenlarini taqdim etish uchun Bank Kengashi hisob komissiyasini tuzadi. Komissiya a’zolarining sanoqli va hususiy tarkibi aksiyadorlar umumiy yig'ilish tomonidan tasdiqlanadi.Hisob komissiyasi aksiyadorlar umumiy yig'ilishining kvorumi mavjudligini belgilaydi, aksiyadorlarning umumiy yig'ilishida aksionerlarning (ularning vakillarining) ovoz berish huquqini amalga oshirish bilan bog'liq masalalarni aniqlab beradi, ular tomonidan taqdim etilgan masalalar bo'yicha ovoz berish tartibini tushuntiradi, ovoz berish jarayonini tashkil etish, saylovchilarning ovoz berish tartibini va saylovchilarning ovoz berish huquqlarini ta'minlaydi, ovozlarni sanab chiqadi va ovozlarni umumlashtiradi, ovoz berish natijalari to'g'risida bayonnoma tuzadi va аrxivga ovoz berish byulletenlarini taqdim etadi.Aksiyadorlarning umumiy yig'ilishi Bank Kengashining taklifiga binoan Hisob komissiyasining a'zolarini tasdiqlaydi. Saylov komissiyasi tarkibi Bank Kengashi va Revizion Komissiya a’zolaridan tashkil topgan bo’lib ularning soni 3 nafardan kam bo’lmasligi kerak. Bank Boshqaruvi raisi va a'zolari Hisob komissiyasi tarkibiga qo’shila olmaydi.

Bankning Kengashi amaldagi qonunchilikda va Bank ustavida Aksionerlar umumiy yig’ilishiga tegishli deb belgilangan savollardan tashqari Bank faoliyatining umumiy boshqaruvini amalga oshiradi. Bank Kengashi bank sohasida malaka va tajribaga ega bo'lgan 5 (besh) ta Kengash a'zosidan iborat.Bankning ovoz berish huquqiga ega aksiyalarining umumiy soni 1 (bir) foizdan kam bo’lmagan aksiyadorlar yig’ini moliya yili tugaganidan keyin 30 kundan kechiktirmay aksiyadorlarning yillik umumiy yig'ilishining kun tartibi masalalarini taqdim etish va Bank kengashiga nomzodlar ko'rsatish huquqiga ega. Bank Kengashi a'zolari Aksionerlar Umumiy yig'ilish tomonidan 1 (bir) yil muddatga saylanadi. Boshqaruv a'zosi Bank Kengashi a'zosi bo'lishi mumkin emas.

Revision komissiya aksiyadorlarning umumiy yig'ilishi tomonidan bir (1) yil muddatga saylanadi. Bank Revision komissiyasi 3 (uch) kishidan iborat bo’lib, bir shaxs Bank Revision komissiyasi tarkibiga ketma-ket uch martadan ortiq saylanishi mumkin emas.Bank Revision komissiyasi a'zosi bir vaqtning o’zida Bank Kengashi a'zosi bo'la olmaydi va mehnat shartnomasi asosida Bankda ishlay olmaydi.

Bank kollegial ijroiya organi ("Boshqaruv") Bankning joriy faoliyatini boshqaradi. Bank Boshqaruvi tarkibi kamida yettita a’zodan iborat bo’lib bu tarkibga Boshqaruv Raisi, uning O'rinbosarlari, Bosh buxgalter, Yuridik boshqarma boshlig'i va boshqa boshqaruvchi hodimlar (“Boshqaruv a’zolari”) kiradi. Boshqaruv raisi Boshqaruv boshlig’i vazifasini bajaradi. Boshqaruv qarorlari Boshqaruv majlisida qatnashgan Boshqaruv a'zolarining ko'pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovoz berishda har qanday masala bo'yicha ovozlar tengligida, Boshqaruv raisi ovoz bergan qaror ustunlikka egadir. Boshqaruv raisi va a’zolarining yarmidan ko’pi qatnashgan majlis kvorumga ega. Bundan tashqari, Boshqaruv majlislarida Bank Boshqaruvi raisi tomonidan belgilangan 10 (o’n) kishidan ko’p bo’lmagan doimiy kuzatuvchilar qatnashadilar.

Boshqaruv a’zolari, tegishli boshqarma rahbarlari, shuningdek boshqa amaliyot boshqarmalari rahbarlari va Tavakkalchilikni boshqarish boshqarmasi rahbaridan tashkil topgan. Aktiv- Passiv qo’mitasi oylik miqyosda bank sektoridagi boshqa o’yinchilar bilan solishtirganda, shuningdek, o'rtacha sanoat qiymatiga nisbatan, moliyaviy holatdagi voqealar va tendensiyalar va Bank faoliyati natijalarini ko'rib chiqadi.

Kuzatuv Kengashiga to’g’ridan-to’g’ri bo’ysinadi va Kuzatuv Kengashi a’zolaridan tashkil topgan qo’mitadir. Qo’mita har oy tavakkalchilikni boshqarish hisobot oyi ishini ko’rib chiqish uchun chaqiriladi va Tavakkalchilikni boshqarish boshqarmasiga har oylik hisobotni taqdim etadi.

Bankning doimiy ravishda faoliyat ko'rsatadigan, kreditor uchun kredit shartlarini tasdiqlovchi va unga kredit berish yoki bermaslik bo'yicha yakuniy qaror chiqarish uchun mas’ul jamoaviy organi.

Bankning joriy likvidlik holatini va qisqa muddatli mablag’ jalb etish imkoniyatlarini o’rganib tahlil qiladi.

Doimiy qo’mita sifatida tuzilgan bo’lib, o’z vazifa-majburiyatlari doirasida Bank boshqaruviga kadrlar siyosati va amaliyoti yuzasidan nazorat faoliyatini amalga oshirishga kumaklashadi.

Xaridlar qo'mitasining asosiy funksiyasi - bank uchun eng maqbul shartlarda tovarlar va xizmatlar xarid qilish bo'yicha umumiy qiyosiy tahlil qilish. Xaridlar bo'yicha qo'mita shuningdek xaridlar bilan bog'liq boshqa faoliyat bilan shug'ullanishi mumkin.

Boshqarish qo'mitasi bankning ichki nazorat tizimini tashkil etish va ta'minlash asosiy maqsadi bilan tashkil etilgan. Audit qo’mitasi faqat Kuzatuv Kengashi a'zolaridan iborat.

Auditorlik qo‘mitasining asosiy vazifalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:

  • Har bir ichki audit yakunlanishi bilan taqdim etilgan ichki audit hisobotlarini o'rganish;

  • Ichki auditning uch oylik hisobotlarini o'rganish va ularni Kuzatuv Kengashiga taqdim etish;

  • Kuzatuv Kengashiga tashqi auditga texnik talablarni ishlab chiqishda yordam berish;

  • Kuzatuv Kengashiga tashqi auditorning taklifini baholashda yordam berish, Kuzatuv kengashiga tashqi auditorni tanlash bo'yicha tavsiyalar tayyorlash;

  • Kengash raisi bilan ichki audit va tashqi audit tavsiyalarini bajarish jarayonini boshqarish bo'yicha vazifalarni muvofiqlashtirish;

  • Tashqi auditor hisobotlarini, shu jumladan rahbariyat xatini ko'rib chiqish va ularni Kuzatuv Kengashiga ko’rib chiqish uchun taqdim etish;

  • Tashqi va ichki audit jarayonida kelib chiqqan muammo va kamchiliklarni bartaraf etishni, shuningdek Boshqaruv nomonidan auditorlik tavsiyalarini bajarilishini nazorat qilish;