To'lovlar

  • KDB Bank O’zbekiston korporativ mijozlarning to'lov topshiriqnomalari asosida milliy va xorijiy valyutadagi naqd pulsiz to'lovlarni tez va xavfsiz amalga oshirishni ta'minlaydi.

  • An'anaviy to'lov topshiriqnomalarini taqdim etish usulidan tashqari, korporativ mijozlarga Internet Banking ilovasi orqali milliy va xorijiy valyutada to'lovlar amalga oshirish va ularning hisob raqamlarining holatini real vaqt rejimida kuzatish imkoniyati beriladi.

  • Milliy valyutadagi to'lovlar Internet Banking orqali dam olish kunlari va bayram kunlarini ham o'z ichiga olgan holda 24/7 rejimida amalga oshiriladi, va mablag‘lar tezda qarshi tomonni hisobiga o'tkaziladi.

  • Xorijiy valyutadagi to'lovlar xorijiy hamkorlar bilan tegishli hujjatlar (masalan, eksport-import shartnomalari, qarz shartnomalari, foydani repatriatsiya qilish va boshqalar) asosida va O‘zbekiston Respublikasining valyuta tartibga solish qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.

  • Bank xorijiy valyutadagi to‘lov topshiriqnomalarini tez va xavfsiz amalga oshirish uchun yetakchi xorijiy banklar bilan ishonchli korrespondentlik aloqalariga ega.

  • Bankda SWIFT GPI treker mavjud bo‘lib, bu bizning mijozlarimizga xorijiy valyutadagi jo‘natilgan, jarayonda bo‘lgan va qabul qilingan to‘lovlarning holatini to‘liq ko‘rish imkonini beradi.

Letters of credit with post-financing option

Kassa Xizmatlari

Korporativ mijozlar Bankning kassa bo‘limidan mahalliy qonunchilik va amaldagi shartnomalar bilan belgilangan maqsadlar (masalan, ish haqi to‘lovlari, xizmat safari xarajatlari va boshqalar) uchun naqd pul olishlari mumkin