Bank maqsadi

Bizning vazifamiz zamonaviy xalqaro amaliyot va doimiy texnologik innovatsiyalarni amalga oshirish orqali yuqori darajadagi barcha bank xizmatlarini taklif qilish, hamda mahalliy va xalqaro kompaniyalar uchun ishonchli sherik bo'lishdir.

Biz uzoq muddatli davrda o'z maqsadlarimizni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun hamkorlarimiz bilan ishonch, ishtiyoq, mijozlarga e'tibor va barqaror ishlash qadriyatlari asosida munosabatlarni olib boramiz.

Ishonch

Moliyaviy institut sifatida ijtimoiy majburiyatlarimizni bajargan holda, mijozlar va hamkasblarimizning hurmatini qozonish, hamda ishonch qozonish.

Ishtiyoq

Iqtisodiyotning o'sishiga yordam beradigan moliya sanoatining rivojlanishida yetakchilik qilishda ishtiyoqli va ijobiy bo'lish.

Mijozlar diqqatini tortish

Mijozlarimiz muvaffaqiyatlariga hissa qo'shish uchun, ularning turli xil ehtiyojlarini anglash

Barqaror faoliyat

Uzoq muddatli muvaffaqiyatli faoliyat uchun zarur qadriyatlarni moliya bozoridagi xalqaro tajribaga asoslangan holda oshirish.

Strategiya

Bizning strategiyalarimiz maqsadlarimizga asoslangan - har bir mijozga alohida e'tibor bergan holda biznesda ishonchli sherik bo'lish. Biz aksiyadorlarimiz oldidagi burchimizni to'liq anglagan holda, iqtisodiy jihatdan muvaffaqiyatlarimiz va raqobatbardosh afzalliklarimiz tufayli o'z xodimlarimiz va mijozlarimiz ishonchini ta'minlay olamiz deb ishonamiz. "KDB Bank O'zbekiston" quyidagi strategiyalar asosida o'z maqsad va vazifalariga erishishga intiladi:

  • Barcha manfaatdor tomonlar bilan o'zaro manfaatli bo'lgan uzoq muddatli munosabatlar odobini shakllantirish orqali yirik korporatsiyalar, chet el investitsiyalari ishtirokidagi kompaniyalar, qo'shma korxonalar, vakolatxonalar, shuningdek O'zbekiston va O'rta osiyodagi diplomatik vakolatxonalar uchun yetakchi bank xizmatlarini ko'rsatish.

  • Mijozlarga xizmat ko'rsatishda xalqaro standartlar asosida, IT imkoniyatlarini keskin oshirish orqali, faol va mijozlarga yo'naltirilgan yondashuvga amal qilish.

  • Bazel qo'mitasining tavsiyalari, O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining talablari va Bosh ofis (Seul, Janubiy Koreya) ning tegishli ko'rsatmalariga mos keluvchi Korporativ boshqaruvning zamonaviy xalqaro tajribalarini va xatarlarni boshqarishning samarali usullarini amaliyotga tatbiq etish.