Hisobvaraq Ochish Jarayoni

Bank O'zbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlarining milliy va xorijiy valyutadagi bank hisobvaraqlarini ochadi va ularga xizmat ko'rsatadi.

Hisobvaraqni ochish uchun mijoz:

  • Shaxsni tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishi

  • Bank bilan bank hisobvarag'i shartnomasini tuzishi lozim.

Mijozga hisobvaraqdagi mavjud mablag' va ularning harakati to'g'risida ma'lumot olish imkoniyati beriladi. Shuningdek, mijoz bankka o'z hisobvarag'idagi qoldiq mablag'lar doirasida pullarni ko'chirish yuzasidan topshiriqnomalar berishi mumkin.

Bank hisobvarag'idan amalga oshirilgan operatsiyalar uchun bank tariflariga muvofiq komissiya olinadi.