Depozitlar Haqida
Yuridik shaxslarning hisobvarag‘idagi mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasining 18.02.2025 yildagi “Banklardagi omonatlarni himoya qilish kafolatlari to‘g‘risida” O‘RQ-1031-son Qonuniga muvofiq kafolatlash obyekti hisoblanadi. Kafolatlash hodisasi yuz bergan taqdirda, maxsus vakolatli davlat organi tomonidan kafolatlangan kompensatsiyaning umumiy miqdori kafolatlanish obyektlarining hajmi, miqdori va valyutasidan qat’i nazar 200,000,000.00 (ikki yuz million) so‘mdan oshmaydi. Yuridik shaxslarning Qonun kuchga kirgan sanadan oldin qo‘yilgan Hisobvarag‘idagi mablag‘lar kafolatlanish obyektlarining miqdori va valyutasidan qat’i nazar to‘liq hajmda kafolatlanadi.
Qonun haqida batafsil ma'lumotni O'zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining rasmiy veb-saytida, uning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida, finlit.uz saytida va Depozitlarni kafolatlash agentligining rasmiy veb-saytida topishingiz mumkin.