Hisobraqam ochish va yuritish

Korporativ mijozlar KDB Bank O’zbekistonda milliy va xorijiy valyutada joriy, muddatli, jamg‘arma va boshqa depozit hisoblarini ochishlari mumkin. Bank korporativ mijozlar uchun hisoblarni quyidagi valyutalarda ochadi: O'zbekiston so‘mi (UZS), AQSh dollari (USD), Britaniya funt sterlingi (GBP), Xitoy yuani (CNY), Yevro (EUR), Rossiya rubli (RUB) va Yaponiya iyenasi (JPY).

KDB Bank O’zbekistonda bank hisoblarini ochish va yuritish mutlaqo bepul amalga oshiriladi. Bundan tashqari, bankda minimal qoldiq saqlash talab etilmaydi. Bankda birinchi marta bank hisob raqamini ochishda korporativ mijozlar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining “Bank hisob raqamlarini ochish, yuritish va yopish tartibi to‘g‘risidagi yo’riqnomani tasdiqlash haqida”gi Nizomiga muvofiq hujjatlarni topshirishlari kerak, ushbu Nizom 08.02.2023 yilda #3420 raqami bilan ro‘yxatga olingan.