Jong Seon Kim

Bank Boshqaruv Raisi

Hurmatli do'stlar

2013 yil mart oyida "UzKDB Bank" "RBS NB Uzbekistan" YoAJ (Shotlandiya Qirollik banki, sobiq "ABN AMRO Bank Uzbekistan") bilan muvaffaqiyatli birlashgandan so'ng, O'zbekiston bank tizimida Korporativ mijozlarga va jismoniy shaxslarga keng turdagi bank xizmatlarini taqdim etuvchi yangi xalqaro "KDB Bank O'zbekiston" paydo bo'ldi va u faoliyat ko'rsatayotgan xorijiy banklar orasida yuqori o'rinlarni egalladi.

Bank o'z faoliyati va vazifalarini "KDB Financial Group" kompaniyasining moliyaviy xizmat ko'rsatish sohasidagi ko'p yillik tajribasidan foydalangan holda, O'zbekiston iqtisodiyotini qo'llab-quvvatlash va mamlakat moliya bozorining rivojlanishiga hissa qo'shishga qaratilgan uzoq muddatli maqsadlarga asoslangan holda amalga oshiradi. Seuldagi Bosh idora tomonidan tasdiqlangan maqsad va strategiyalar, Bankning barqaror o'sishiga, asosiy moliyaviy ko'rsatkichlarning ijobiy dinamikasini saqlab turishga va aktivlarning umumiy hajmi bo'yicha bankning O'zbekistondagi eng yirik banklar orasida tutgan o'rnini mustahkamlashga qaratilgan.

Bank 20 yildan ortiq vaqt mobaynida O'zbekiston iqtisodiyotiga sarmoya kiritayotgan strategik muhim xalqaro va koreys kompaniyalariga muvaffaqiyatli xizmat ko'rsatish bilan birga, mahalliy korxonalarni moliyalashtirish hajmini ham bosqichma-bosqich oshirib kelmoqda.

Yildan yilga Bankning moliyaviy va operatsion ko'rsatkichlari ijobiy tomonga o'zgarib kelmoqda. Yaqinda "Standard & Poor's" xalqaro reyting agentligi Bank reytingini "BB-" Barqaror darajasiga ko'tardi. "Ahbor-Reyting" milliy reyting agentligi esa bizning reytingimizni "uzA +" darajasida baholadi. "BB -" Barqaror reyting O'zbekiston banklarining eng yuqori reytingi hisoblanadi.

Toshkent shahrining Yunusobod hamda Yakkasaroy tumanlarida Bankning filiallari bor. Biz ishtiyoqli, bilimdon, tajribali va mijozlarning talab va istaklarini to'liq anglay oluvchi xodimlarni, shuningdek xalqaro standartlarga mos ekspertlarni jalb qildik. Biz o'z xodimlarimizni qadrlaymiz va ularning kelgusidagi kasbiy o'sishiga e'tibor beramiz. Bu esa o'z navbatida Bank mijozlariga yuqori sifatli xizmatlarni taqdim etish uchun ishonchli zamin yaratadi.

Bankimiz o'z mijozlari bilan doimiy ravishda ikki tomonlama manfaatli bo'lgan uzoq muddatli hamkorlik munosabatlarini yo'lga qo'yishga intiladi. Bank rahbariyati o'z mijozlarining Bankka bo'lgan ishonchlarini qadrlaydi va o'z biznesini rivojlantirish maqsadida bankimiz bilan hamkorlik qilishni istagan yangi mijozlar uchun bankimiz eshiklari hamisha ochiqdir. Mijozlarimizga doimiy ravishda yuqori darajadagi xizmatlarni taqdim etish bizning bosh maqsadimizdir.

Hurmat bilan