Bank Siyosati
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish va Sanksiyalar yuzasidan bayonot
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish va Sanksiyalar yuzasidan bayonot
Manfaatlar to'qnashuvining oldini olish va bartaraf etish siyosati
Manfaatlar to'qnashuvining oldini olish va bartaraf etish siyosati
Korruptsiyaga qarshi kurashish siyosati
Bank o‘zining Korruptsiyaga qarshi kurashish siyosati uchun quyidagi qonun xujjatlariga murojaat qiladi:-“Korruptsiyaga qashi kurashish to‘g’risida”gi qonun -“Banklar va bank faoliyati to‘g’risida”gi qonun-Bank ustavi -Bankning boshqa ichki hujjatlari.Bank o‘z faoliyatida quyidagilarni ta’minlashi lozim:-Bank, boshqaruv raisi va a’zolari va bank xodimlari ularning lavozimidan qat’iy nazar korruptsiya faoliyatiga jalb qilinish xavfini kamaytirish; -Aksiyadorlar, investitsion hamjamiyat, kontragentlar, filiallar, ularning boshqaruv organlari a’zolari, xodimlar va boshqa shaxslar o‘rtasida har qanday shaklda va ma’noda Bankning korruptsiyaga qarshi siyosati to‘g‘risida yagona tushunchani shakllantirish;-Bank va xodimlarga nisbatan qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan korruptsiyaga qarshi qonunchilikning asosiy talablarini va tamoyillari, amaldagi korruptsiyaga qarshi qonun hujjatlarining asosiy normalarini, shuningdek korruptsiyani oldini olish uchun tegishli tartiblarni bilish va ularga rioya qilish majburiyatini belgilash;-Bank va uning filiallariga nisbatan qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan korruptsiyaga qarshi qonunchilikning asosiy talablarini umumlashtirish va aniqlashtirish.Shuningdek:-Bank ma’lum loyihalarida tijorat ustunligi olish uchun xayriya va homiylik loyihalarini moliyalashtirmaydi-Xayriya va homiylik faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar internetda, xisobotlarda yoki boshqa tarzda oshkor qilingan holda bankning veb-saytida e’lon qilinadi-Bank ma’lum loyihalarida tijorat afzalliklariga erishish uchun siyosiy partiyalar, tashkilotlar, harakatlar va davlat xizmatchilari va/yoki ularning yaqin qarindoshlarini moliyalashtirmaydi;-Bank o‘z xodimlaridan asosiy qoidalar, talablar va qoidabuzarliklar uchun sanktsiyalar to‘g‘risida xabardor qilib, ushbu siyosatga rioya qilishlarini talab qiladi.
Poraxo'rlik va korrupsiyaga qarshi kurashish tartibi
Poraxo'rlik va korrupsiyaga qarshi kurashish tartibi
Sifatni Boshqarish Siyosati
Bank o'zining Sifatni boshqarish siyosati uchun quyidagi qonun hujjatlariga murojaat qiladi:-O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 sentyabrdagi PQ-3270 sonli qarori-ISO 9001:2015 Sifat menejmenti tizimi – Asosiy tamoyillar va lug’at, Talablar."KDB Bank O’zbekiston" AJ - bank sohasida yuqori sifatli xizmatlarni taqdim etuvchi O'zbekistondagi xorijiy banklardan biri. Yuqori malakali mutaxassislarga va zamonaviy texnologik uskunalarga ega bo'lgan Bank, iste'molchilar va aksiyadorlar talablariga javob beradigan sifatli xizmatlarni taqdim etib, ichki va tashqi bozorda o'z mavqeini kengaytirishga intilmoqda.Bank missiyasidan kelib chiqib, "KDB Bank O’zbekiston" AJ rahbariyati va xodimlari sifat sohasidagi asosiy maqsadni - yuqori sifatli moliyaviy xizmatlarni taqdim etuvchi bank sifatida mijozlarning “KDB Bank O’zbekiston” AJ ga bo'lgan ishonchini ta'minlash va saqlashni belgilaydilar.Ushbu maqsadga erishish va amalga oshirish uchun bank asosiy strategik yo'nalishlarni belgilab oldi:- Mijozlarga e'tibor- Hamkorlik- Ishonchlilik- Barqarorlik
Korporativ boshqaruv siyosati
Bank o‘zining Korporativ boshqaruv siyosati uchun quyidagi qonun xujjatlariga murojaat qiladi:-“Banklar va bank faoliyati to‘g’risida”gi qonun-"Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida"gi Qonun-Bank ustaviBankda korporativ boshqaruv tizimi bank boshqaruv organlari hamda bank ichki audit va ichki nazorat organlarini o‘z ichiga oladi.Bank boshqaruv organlari quyidagilardan iborat:-aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishi; -Kuzatuv Kengashi;-Boshqaruvi. Bank ichki nazorat organlari tizimiga quyidagilar kiradi:-Taftish komissiyasi;-Auditorlik qo‘mitasi;-Ichki audit xizmati (Audit boshqarmasi).Bank faoliyatining ochiqligi, shuningdek aksiyadorlar, investorlar va boshqa manfaatdor tomonlar bilan o‘zaro samarali hamkorlikni quyidagicha ta’minlaydi:-Bank veb-saytida va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa manbalarda oshkor etilishi shart bo‘lgan, aksiyadorlar va boshqa manfaatdor tomonlar, shu jumladan chet el investorlari uchun qulay bo‘lgan ingliz, rus va boshqa tillarga tarjima qilingan holda e’lon qilinishini ta’minlash;-taklif etilayotgan sof foydani taqsimlash asosini, dividendlar miqdorini e’lon qilish, ularning dividend siyosatida qabul qilinganiga muvofiqligini aniqlash, shuningdek, zarurat tug‘ilganda, aniq foyda Bankning ehtiyojlari uchun yo‘naltirish xajmlarini tushuntirish va iqtisodiy asoslash.
Ma’lumotlarni oshkor qilish siyosati
Bank o'zining Ma’lumotlarni oshkor qilish siyosati uchun quyidagi qonun hujjatlariga murojaat qiladi:-"Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida"gi qonun,-"Qimmatli qog'ozlar bozori to'g'risida"gi qonu-"Qimmatli qog'ozlar bozorida axborotni oshkor qilish va e'lon qilish to'g'risida" gi qoidalar-Vazirlar Mahkamasining "Atsiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qaroriBank o’z faoliyati davomida mahalliy qonunchilik talabi hamda umum e’tirof etilgan me’zonlar asosida ma’lumotlarni oshkor qilishni amalga oshiradi. Bank faoliyatiga tegishli bo’lgan hamda oshkor etilishi lozim bo’lgan ma’lumotlar qonunchilikda belgilangan manba’larga o’z vaqtida va to’liq joylashtirib boriladi. Shuningdek Bank o’z hohishiga ko’ra o’ziga tegishlik boshqa ma’lumonlarni tanlangan ma’lumot tarqatish kanallari orqali oshkor etishi mumkin.
Dividend siyosati
Bank o'zining Dividend siyosati uchun quyidagi qonun hujjatlariga murojaat qiladi:-"Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida" gi qonun-"Banklar va bank faoliyati to'g'risida" gi qonunva O’zbekiston Respublikasining boshqa me’yoriy hujjatlari.Dividendlarni to'lash to'g'risidagi taklif Bank Boshqaruviga ko'rib chiqish hamda keyinchalik ularni Kuzatuv kengashi, shunigdek Bank aksiyadorlarining umumiy yig'ilishiga kiritish uchun taqdim etiladi. Dividendlarni to'lash miqdori amaldagi qonunchilikka muvofiq, xususan, O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015 yil 6 iyuldagi 2693-son bilan ro'yxatdan o'tgan "Tijorat banklari kapitalining monandligiga qo'yiladigan talablar to'g'risida" gi Nizomga muvofiq belgilanadi.Bank aksiyadorlari umumiy yig'ilishining qaroriga binoan dividend pul mablag'lari yoki boshqa qonuniy to'lov usullari orqali to'lanishi mumkin. Dividend aksiyadorlar o'rtasida ularga tegishli aksiyalar soni va turiga mutanosib ravishda taqsimlanadi.Yillik dividendlarni to'lash to'g'risidagi qaror, dividend miqdori va uni har bir turdagi aksiyalar bo'yicha to'lash shakli Bank Kuzatuv kengashining tavsiyasi asosida aksiyadorlarning umumiy yig'ilishi tomonidan qabul qilinadi. Yillik dividendlar miqdori Bankning Kuzatuv kengashi tomonidan tavsiya etilganidan oshmasligi kerak. Aksiyadorlarning umumiy yig'ilishi aksiyalar bo'yicha dividendlarni to'lamaslik, shuningdek dividendlarni qisman to'lash to'g'risida qaror qabul qilishga haqlidir.
Odob-axloq qoidalari
“Mijoz doim haq” – ushbu shior bankimiz tomonidan mijozlarga joriy qonunchilikka muvofiq holda xizmat ko‘rsatishda doimo tezkorlik, qulaylik hamda egiluvchanlikka etaklaydi.Xodimlarimiz yuqori sifatli xizmatlarni ko‘rsatish maqsadida o‘z bilim va ko‘nikmalarini doimiy rivojlantirib borish uchun bor kuchlarini safarbar etadilar. Mijozlarning ilg‘or, xavfsiz va keng qamrovli bank xizmatlariga ehtiyojlari kundan kunga ortib bormoqda. Bu borada bizning malakali xodimlarimizga qo‘yiladigan talab, mijozlarimizning ehtiyojlarini sinchikovlik bilan o‘rgangan holda, ularni qondirishni muqobil echimlarini taqdim etish orqali samarali xizmat ko‘rsatishdir.Hozirgi tez o‘zgaruvchan moliyaviy muhitda biz mijozlarimizning hamkorimiz. Ular bilan uzoq muddatli mustahkam munosabatlarni yo‘lga qo‘yish maqsadida, mijozlarimiz ishonchiga erishish tarafdorimiz.