Koreya taraqqiyot banki raisining tashrifi

O‘zbekiston Republikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan joriy yilning 13-15 iyun kunlari Koreya Respublikasi Prezidenti Yoon Suk Yeol O‘zbekiston Respublikasiga davlat tashrifini amalga oshirmoqda.

Koreya Respublikasi delegatsiyasi tarkibida bankimizning asosiy aksiyadori, Koreya Respublikasi iqtisodiyoti va moliya sohasi barqaror rivojlanishida yetakchi o‘ringa ega Koreya taraqqiyot banki (KDB) raisi Kang Seog Hoonning borligi biz uchun alohida ahamiyatga ega.

Tashrif davomida Koreya taraqqiyot banki raisi Kang Seog Hoon va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi Mamarizo Nurmuratov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Bundan tashqari, Koreya taraqqiyot banki va O‘zsanoatqurilishbank o‘rtasida savdoni moliyalashtirish, sindikatlashgan kreditlash, loyihaviy moliyalashtirish va boshqa muhim sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni o‘rnatish va rivojlantirish maqsadida Anglashuv memorandumi imzolandi.

Shunigdek, Koreya taraqqiyot banki raisi Kang Seog Hoonning bankimiz bosh ofisiga tashrifi bankimiz xodimlari tomonidan iliq qarshi olindi.

Tashrif davom etmoqda.