COVID-19 koronavirus infektsiyasining tarqalishini oldini olish

Hurmatli Mijozlar, 

"KDB Bank O’zbekistan" AJ mijozlari va xodimlarining xavfsizligi, shuningdek, yuzaga kelishi mumkin bo'lgan xatarlarni boshqarish bankimiz faoliyatidagi eng muhim ustuvor yo’nalishi bo’lib qolmoqga. COVID-19 koronavirus infektsiyasining tarqalishini oldini olish uchun, biz mijozlarga xizmat ko'rsatish va xodimlarimizning havfsizva qulay sharoitlarda ishlashini ta'minlash uchun qo'limizdan kelganini qilayapmiz.

Bank tomonidan ko'rilayotgan choralar:

  • 2020 yil 16 martdan boshlab Bankning barcha filiallarida xodimlar va tashrif  buyuruvchilar uchun majburiy harorat o'lchovlari joriy etildi. Isitma yoki infektsiyaning belgilari aniqlansa, xodimlar va tashrif  buyuruvchilar uyga qaytishlari, shifokorni chaqirishlari kerak.
  • Bankning barcha xodimlariga, hamkasblari va mijozlar bilan ommaviy yig’ilishlar va uchrashuvlar o’rniga telefon yoki konferents-aloqa yordamida o'tkazish zarurligi to'g'risida topshiriq berildi.
  • Bank filiallari antiseptik vositalar bilan jihozlangan va har bir tashrif  buyuruvchiga ulardan foydalanish qat’iy tavsiya etiladi.
  • Mijozlarga hizmat ko’rsatuvchi hodimlar tibbiy qo’lqop va niqoblar bilan ta’minlangan.
  • Hodimlarga tashrif buyuruvchilar bilan muloqotni 1 metrdan kam bo’lmagan masofada amalga oshirish tavsiya etilgan.
  • Bankning ichki tartiblariga ham koronavirus infektsiyasining oldini olishning boshqa choralari kiritilgan.

Amalga oshirilayotgan choralarning barchasi profilaktika choralari bo’lib, ulardan maqsad, siz va jamoatchilik manfaati yo’lida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan xatarlarni minimallashtirishdir.

Bank hisob-raqmlardan to’lovlarni amalga oshirish uchun barcha mijozlarga Bankning masofaviy xizmatlaridan (Internet Banking, OfficeNet, MultiPay) foydalanishni qat'iy tavsiya qilamiz.

Biz vaziyatni kuzatib bormoqdamiz, va mamlakat rahbariyati barcha tegishli muassasalarning ishini muvaffaqiyatli muvofiqlashtirib, infektsiyaning tarqalishini oldini olshiga ishonchimiz komil.

O'zingiz va yaqinlaringizni asrang!

"KDB Bank O’zbekiston" AJ