Bank kartalaridan foydalanishda ehtiyot choralarini ko'ring

Hurmatli Mijozlar,

So’nggi paytlarda bank kartalaridan foydalanishda turli firibgarlik holatlari soni ko'payib borayotganligini inobatga olgan holda, Sizdan ushbu kichik qoidalarga amal qilishingizni so'raymiz:

  • Bank kartasini yoki Bank kartasidagi ma’lumotlarni boshqa shaxslarga foydalanish uchun bermang;
  • Shaxsiy PIN-kod raqamingizni uchinchi shaxslarga oshkor bo’lishiga yo’l qo’ymang;
  • SMS-xabarnoma orqali qabul qilingan to’lov ilovalaridan ro’yxatdan o’tganlikni tasdiqlovchi kodlarni uchinchi shaxslarga oshkor qilmang;
  • Savdo va xizmat ko’rsatish nuqtalarida bank kartalari orqali to’lovlarni (shuningdek, kontaktsiz to’lovlarni) amalga oshirish jarayonida ogoh bo’ling;
  • Bank kartalari orqali turli internet-to'lovlarni amalga oshirishda ehtiyotkorlikni oshiring;
  • Mobil ilovalardan foydalanishda faqat ishonchli va sinalgan to'lov tashkilotlari va banklarning dasturlaridan foydalaning;
  • Bank kartasini, shuningdek uning ma’lumotlar saqlanadigan mikrochip qismini beshikast saqlanishini ta'minlang;
  • Uchinchi shaxslar tomonidan tasdiqlovchi kod so’ralsa, darhol bank kartasiga ta’qiq qo’yish choralarini ko’ring.

Bank kartasi yo’qolgan yoki o’g’irlangan taqdirda, Mijozga zudlik bilan quyidagilardan birini tanlagan holda kartaga ta’qiq qo’yishi (blokirovka qilishi) tavsiya etiladi:

  • Bankning rasmiy mobil ilovasi – Multipay orqali;
  • To’lov xizmatlarini amalga oshiruvchi ilovalar orqali (masalan, Payme ilovasi);
  • Mijozlarga uzluksiz xizmat ko’rsatuvchi Bank aloqa raqami: +998 78 1208000 ga qo’ng’iroq qilish orqali;
  • Plastik karta chiqarilgan Bankka shaxsan murojaat qilish orqali. 

O’z navbatida, Sizga KDB Bank O’zbekiston AJ Multipay dasturidan foydalangan holda o’z mablag’laringiz xavfsizligini ta’minlash bo’yicha quyidagilarni taklif qilamiz:

  • Elektron hamyon (Wallet) bilan o'z mablag'laringizni xavfsiz saqlang. Multipay dasturi orqali Siz pul mablag'laringizni UZCARD va HUMO kartalaridan elektron hamyonga o'tkazishingiz va zaruriyat tug’ilganida yana kerakli kartaga pul o'tkazmalarini amalga oshirishingiz mumkin.
  • Multipay dasturi orqali kartaga darhol ta’qiq qo’yish (blokirovka) imkoniyatidan foydalaning.
  • Bank kartasidagi qoldiq mablag’lari, shuningdek, karta hisobraqamingiz orqali amalga oshirilayotgan barcha hisob-kitoblar bo’yicha nazorat olib borish uchun  SMS-xabarnoma xizmatiga ulaning.   

KDB Bank O’zbekiston bank kartalaridan foydalanish bo’yicha murojaatlar uchun biz bilan bog’laning:

Mijozlarga xizmat ko’rsatish (Jismoniy shaxslar) bo’limi telefon raqami: +998 78 120 80 00

Telegram tarmog’i orqali bog’lanish uchun raqam: +998 90 0140262

Shuningdek, murojaatingizni elektron pochta manzilimiz: csi@kdb.uz ga ham qoldirishingiz mumkin va biz Siz bilan albatta bog’lanamiz!

KDB Bank O’zbekiston AJ ni tanlaganingizdan minnatdormiz!

HUMO va UZCARD plastik kartalaridan foydalanish qoidalari