“KDB Bank O’zbekiston” AJ pul mablag’lari o’tkazmalarini kirim qilish amaliyoti bo’yicha ba’zi o’zgarishlar kiritilayotganligini ma’lum qiladi!
“KDB Bank O’zbekiston” AJ Bankimiz mijozlarining (Jismoniy shaxslar) hisobraqamlariga boshqa jismoniy shaxslar tomonidan pul mablag’lari o’tkazmalarini kirim qilish amaliyoti bo’yicha ba’zi o’zgarishlar kiritilayotganligini ma’lum qiladi.
Agar o’tkazilayotgan pul mablag’lari 1,000 AQSH dollari yoki shu ekvivalentdagi boshqa xorijiy valyutadan oshgan taqdirda, yuboruvchi-jismoniy shaxsdan o’zi to’g’risidagi quyidagi minimum ma’lumotlar talab qilinadi:
Yuboruvchining 1) to’liq nomi; 2) Bank hisobraqami; 3) Doimiy va (yoki) vaqtinchalik yashash manzili yoki tug’ilgan sanasi va joyi; 4) Pasport seriya raqami yoki ro’yxatdan o’tkazilganlik raqami.
Shuni ma’lum qilamizki, yuqoridagi talab qilingan ma’lumotlar Bankka to’liq taqdim etilmagunga qadar mijoz hisobraqamiga o’tkazilgan mablag’lar kirim qilinmaydi. Agar o’tkazilgan pul mablag’lari Bankka kelib tushgan sanadan boshlab 10 kun ichida yuqoridagi talab qilingan ma’lumotlar taqdim etilmasa, Bank mazkur mablag’larni qaytarib yuborishi mumkin.
Ushbu o’zgarishlar O’zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligida 2017-yil 23-mayda 2886-son bilan ro’yxatga olingan “Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg’in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo’yicha ichki nazorat” Qoidalari hamda Bankning ichki nazorat nizomi asosida tartibga solinadi.
Mazkur o’zgarishlar ushbu e’lon sanasidan boshlab 10 kun o’tgach kuchga kiradi.