KDB Bank O’zbekiston AJ ga tashqi audit xizmatlarini ko’rsatish uchun qiziqish bildirishga taklif

10 fevral, 2025
Auditorlik tashkilotlariga («Big Four»)
KDB Bank O’zbekiston AJ ga tashqi audit xizmatlarini ko’rsatish uchun qiziqish bildirishga taklif
Bank Boshqaruvi Sizning tashkilotingizni KDB Bank O’zbekistonga 2025 yil 30 iyunda yakunlanadigan olti oylik davr uchun oraliq audit hamda 2025 yil 31 dekabrda yakunlanadigan davr uchun majburiy (yillik) audit tekshiruv xizmatlarini ko’rsatishga qiziqish bildirishga taklif etadi.
Qiziqish bildirishga doir xat (QBX) lari ko’ra, auditorlik tashkilotlari (AT) qisqa ro’yxatga saralanadi va keyinchalik texnik va moliyaviy taklif berish so’raladi. Saralash jarayoni sifat va qiymatga asoslangan usulga muvofiq olib boriladi. AT lari o’zlarining QB xatlariga quyidagi ma’lumotlarni tasdiqlovchi hujjatlar bilan birgalikda kiritishlari kerak:
1. AT tashkil qilingan sana va oxirgi uch yilda audit xizmatlarini ko’rsatish bo’yicha umumiy ma’lumot (mijozlari, auditorlik xizmatlari bo’yicha yillik daromad, x.k.);
2. Audit topshirig’i talablaridan kelib chiqqan holda, partnyor, to’liq ish rejimida ishlovchi xodimlar soni, ularning mutaxassisligim malakasi va tajribasi bo’yicha ma’lumot;
3. Oxirgi bech yillikda AT ning umumiy, shu jumladan bank auditidagi tajribasi;
4. AT ning O’zbekiston bank auditi xizmatlari bozoridagi tutgan o’rni borasidagi o’z bahosi.
AT quyidagi mezonlarga muvofiq bo’lishi lozim va nomuvofiqlik yuz berganida umumiy holatda tanlab olish jarayonida ishtirok eta olmaydi[1]:
· Talabgor AT O’zR Markaziy banki tomonidan yuritiladigan va banklarda audit tekshiruvini o’tkazish huquqini beruvchi sertikatga ega AT lar ro’yxatida bo’lishi lozim;
· AT shtatida banklarda auditorlik tekshiruvini o’kazish huquqi uchun Markaziy bank tomonidan berilgan malaka sertifikati bo’lgan kamida 2(ikki) nafar auditor mavjud bo’lishi lozim;
· AT ning hech qaysi partnyori yoki malakali xodimi aksiyador / Kuzatuv kengashi / Boshqaruvi a’zolariga aloqador shaxs bo’la olmaydi. Aloqadorlik yoki affillanganlik darajasi/holati tegishli milliy qonunchilik hamda umum qabul qilingan audit tamoyillariga muvofiq aniqlanadi;
· AT va uning Partnerlari yoki ularning affillangan shaxslari bank faoliyatidan manfaatdor bo’lmasligi lozim;
· Tayinlanish sanasidan va tashqi auditor sifatida faoliyatini yakunlaganidan keyingi bir yil davomida (yakuniy auditorlik hisoboti chop etilgan sanadan hisoblanadi) AT har qanday quyidagi auditga oid bo’lmagan xizmatlarni ko’rsata olmaydi:
- buxgalteriya hisobi;
- moliyaviy ma’lumot/hisobotlar tizimini tashkil qilish va amalga oshirish;
- baholash yoki baholashga oid xizmatlar;
- actuariy xizmatlari;
- ichki auditga oid autsorsing xizmatlari;
- boshqaruvga yoki xodimlarni boshqarishga oid xizmatlar;
- brokerlik, dilerlik, yoki investision konsultantlik xizmatlari;
- yuridik xizmatlar va auditga tegishli bo’lmagan ekspertlik xizmatlari; va
- manfaatlar to’qnashuvidan kelib chiqqan holda ko’rsatilishi joiz emas deb topilgan har qanday xizmatlar.
· Audit tekshiruvi ilgari bank hodimi bo’lgan yoki ilgari bank tashqi auditori bo’lgan AT ning partnyori/xodimi bo’lgan shaxs tomonidan o’tkazilishi mumkin emas, mazkur shaxs AT da bir yildan muddatidan ortiq ishlab kelayotgan holatlar bundan mustasno;
· AT ga nisbatan O’zR Markaziy banki yoki boshqa mahalliy/halqaro buxgalteriya hisobi bo’yicha tartibga soluvchi idoralarning amalda kuchda bo’lgan chora (sanksiya) lari mavjud emas;
QB ijobiy xatlari 2025 yil 25 fevralsanasigacha quyida keltirilgan manzilga ish vaqti davomida etkazilishi lozim: Toshkent sh., Buxoro 3, KDB Bank O’zbekiston. AT dan o’zining QB xatini muhrlangan va ustiga “KDB Bank O‘zbekiston” AJ tashqi auditi yuzasidan qiziqish bildirish” degan yozuvli konvertda topshirish so’raladi. Qo’shimcha ma’lumot: 78-120-27-37 telefon raqami yoki info@kdb.uz electron pochtasi orqali olinishi mumkin.
1Minimum Muvofiqlik Mezonlariga monandligi tasdiqlash maqsadida, AT quyidagi hujjatlarni taqdim qilishi lozim: a) audit tekshiruvida ishtirok etuvchi audit ekspertlarining O’zRMB va Buxgalterlarning Professonal birlashmalari tomonidan berilgan litsenziya/sertifikatlari nusxalar /yozuvlari; b) AT vakolatli shaxsi tomonidan imzolangan QB boyicha xatida AT ning hech qaysi partnyori AT, O’zRMB va buxgalterlaning professional uyushmalari odob-axloq qoidalariga nomuvofiq professional/boshqa hatti-harakatlarda aybdordebtopilmaganligi; yokijazochora (sanksiya) larbo’yichabuyruqlarchopetilmaganligito’g’risidagirasmiybayonoti; c) AT vakolatli shaxsi tomonidan imzolangan QB boyicha xatida talabgor AT ningaudit tekshiruvidan o’tkazilayotgan bankdan mustaqilligi; audit tekshiruvi o’tkazilayotgan bank bilan aloqador emasligi borasidagi bayonioti (jumladan, auditorning audit tekshiruvi miqyosiga kiradigan davrda yoki undan keying bir yilda bank tomonidan yollanmagan bo’lishi, director sifatida faoliyat ko’rsatmaganligi, yoki hech qanday moliyaviy yoki yaqin buznes aloqalariga ega bo’lmasligi lozim; d) AT ning auditorlik faoliyatinin amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya nusxasi/auditorlik tashkilotlari reestridan yozuv; e) Qo’shimcha ravishda, QB ga taklif xati auditorlarning topshiriqni bajarish imkoniyatlari va muvofiqligini bank tomonidan baholay olishiga yetarli bo’lgan boshqa ma’lumotlarni o’z ichiga olishi mumkin.