“KDB Bank O'zbekiston” AJ ning Sanksiyalarga rioya qilish tizimi samaradorligini tashqi ekspert baholashi uchun qiziqish bildirish taklifi

“KDB Bank O'zbekiston” AJ (keyingi o'rinlarda bank deb yuritiladi)ning Sanksiyalarga rioya qilish tizimi samaradorligini tashqi ekspert baholashi uchun qiziqish bildirish taklifi

Bank Boshqaruvi bankning Sanksiyalarga rioya qilish tizimining samaradorligini tashqi baholash ishlarini olib borish uchun Sizning nufuzli kompaniyangiz tomonidan qiziqish bildirilishi (keyingi o'rinlarda EOI deb yuritiladi)ni taklif qiladi.

EOIlar asosida tashqi (audit) kompaniyalar qisqa ro'yxatga kiritiladi va texnik hamda moliyaviy takliflarni taqdim etishlari lozim bo'ladi. Jarayon sifat va narxga asoslangan tanlov usuliga asoslanadi. Kompaniyalar o'zlarining EOIga quyidagi ma'lumotlarni hujjatli dalillar bilan kiritishlari zarur:

1. Kompaniyaning tashkil etilgan sanasi;

2. Joriy vazifa uchun talablarni hisobga olgan holda ixtisosligi, malakasi va tarmoq tajribasini (xususan, mahalliy va xalqaro bank sohalarida) aks ettiruvchi hamkorlar, to'liq shtatdagi xodimlar to'g'risidagi ma'lumotlar;

3. Kompaniyaning so'nggi besh moliyaviy yil davomidagi umumiy va maxsus tajribasi, shu jumladan bank sektorida sanksiyalarga rioya qilish tizimini tashqi baholashga doir tajribasi;

4. Kompaniyalar quyidagi mezonlarga mos kelishi darkor bo'lgani holda, mazkur mezonlarga mos kelmagan Kompaniyalar tanlovdan chetlashtiriladi*:

- Ariza beruvchi O‘zbekiston Markaziy banki bilan bank auditini o‘tkazish huquqiga ega bo‘lgan tashqi (audit) kompaniyalar ro‘yxatiga kirishi;

-  Tashqi (audit) kompaniyalarining hech bir hamkori yoki kompaniyaning malakali xodimi aksiyadorlar/kuzatuv kengashi/boshqaruvning biron bir a'zosi bilan aloqador emasligi. Qarindosh yoxud affillangan shaxslar amaldagi milliy qonunchilik va umume'tirof etilgan axloqiy me'yorlar hamda tamoyillar asosida ko'rib chiqiladi;

- Na kompaniya, na uning hamkorlari yoki xodimlari Bank faoliyatidan moliyaviy jihatdan manfaatdor emasligi;

-  Baholash bankning sobiq xodimi tomonidan o‘tkazilmasligi, mazkur shaxs bir yildan kam bo‘lmagan muddat davomida ishlayotgan hollar bundan mustasno;

-  Tashqi (auditorlik) tashkilotiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki yoki mahalliy/xorijiy auditorlik idoralari tomonidan intizomiy javobgarlikka doir ish yuritilmayotgan bo‘lishi lozimligi.

 

EOI quyida koʻrsatilgan manzil boʻyicha ish vaqti davomida, 2024-yil 4-sentabr sanasiga qadar topshirilishi kerak: “KDB Bank O‘zbekiston” AJ, Toshkent sh., Buxoro koʻchasi, 3-uy. Kompaniya EOIni tegishli tarzda muhrlangan va aniq belgilab qo‘yilgan konvertda “KDB Bank O‘zbekiston AJ Sanksiyalarga rioya qilish tizimining samaradorligini baholash uchun bildirilayotgan qiziqish”ni taqdim etishi kerak. Batafsil ma’lumot va savollar uchun +998781202859 telefon raqamiga murojaat qilishingiz yoxud info@kdb.uz va/yoki Omonjon.Boltaev@kdb.uz manzillariga xabar yo‘llashingiz mumkin.

 

* Minimal muvofiqlik mezonlariga mos kelish uchun tashqi audit kompaniyasi quyida ko'rsatilgan hujjatlarni taqdim etadi: a) Kasbiy uyushmalar va/yoki boshqa organlar tomonidan berilgan baholashda ishtirok etish uchun mutaxassislarning litsenziyalari va sertifikatlari nusxalari; b) tashqi audit kompaniyasi, O‘zbekiston Markaziy banki va boshqa buxgalterlar kasbiy uyushmasining Odob-axloq kodeksiga muvofiq firmaning biror bir hamkori kasbiy/boshqa huquqbuzarliklarda aybdor deb topilmaganligi to‘g‘risida tashqi audit kompaniyasi vakolatli hamkori tomonidan imzolangan deklaratsiya; yoki unga nisbatan intizomiy jazo choralari ko'rilgan bo'lsa; v) tashqi audit kompaniyasining vakolatli hamkori tomonidan imzolangan ariza beruvchining bankdan mustaqilligini tasdiqlovchi deklaratsiya, uning bank bilan hech qanday aloqasi yo'qligi (xususan, baholovchi ishga kirmasligi, direktor bo'lib ishlamasligi yoki moliyaviy masalalarga ega bo'lmasligi kerak) yoki baholash bilan qamrab olingan davr(lar)da yoki undan keyin darhol bir yil muddatda bank bilan yaqin ish munosabatlari); d) auditorlik faoliyati uchun tashqi audit kompaniyasi litsenziyasining nusxasi; e) shuningdek, bank baholovchilarning imkoniyatlari va topshiriqni bajarish huquqini baholashi uchun EOI kompaniyaga tegishli yetarli ma'lumotlarni taqdim etishi kerak.