Xorijiy valyutalardagi (CNY/CNH va KRW) to‘lov topshiriqnomalarini ijro jadvali haqida ma’lumot.

Hurmatli Mijozlar,
Tegishli davlatlarda rasmiy bayram kunlari munosabati bilan “KDB Bank O‘zbekiston” AJ xorijiy valyutalaridagi mablag‘larini o‘tkazish va/yoki konvertatsiya qilish uchun arizalarni quyidagi jadvalga muvofiq ijroga qabul qiladi:
• 02.10.2025 - Xitoy yuani (CNY/CNH) dagi mablag‘larini o‘tkazish va/yoki konvertatsiya qilish boʻyicha arizalari ijroga qabul qilinmaydi (CNY/CNH /UZS valyuta juftliklarida konvertatsiya qilish uchun arizalar Bank bilan kelishilgan holda qabul qilinishi mumkin);
• 03.10.2025, 06.10.2025, 07.10.2025 va 08.10.2025 - Xitoy yuani (CNY/CNH) va Janubiy Koreya voni (KRW) valyutalaridagi mablag‘larini o‘tkazish va/yoki konvertatsiya qilish boʻyicha arizalari ijroga qabul qilinmaydi (CNY/CNH /UZS, KRW/UZS valyuta juftliklarida konvertatsiya qilish uchun arizalar Bank bilan kelishilgan holda qabul qilinishi mumkin);
• 09.10.2025 – Janubiy Koreya voni (KRW)dagi mablag‘larini o‘tkazish va/yoki konvertatsiya qilish uchun arizalari qabul qilinmaydi (KRW/UZS valyuta juftliklarida konvertatsiya qilish uchun arizalar Bank bilan kelishilgan holda qabul qilinishi mumkin).
Hisob-kitoblarni xorijiy valyutalarda amalga oshirayotganingizda ushbu xabarga e’tibor qaratishingizni so‘raymiz.