AQSh dollar, Xitoy yuan (CNY/CNH) va Janubiy Koreya von (KRW) valyutalaridagi to‘lov topshiriqnomalarini ijro etish jadvali haqida ma’lumot

Hurmatli Mijozlar,
Tegishli davlatlarda belgilangan dam olish kunlari munosabati bilan “KDB Bank O‘zbekiston” AJ xorijiy valyutalardagi (USD, CNY/CNH and KRW) mablag‘larini o‘tkazish va/yoki konvertatsiya qilish uchun arizalarni quyidagi jadvalga muvofiq ijroga qabul qiladi:
• 2026-yil 16- fevral– AQSH Dollaridagi (USD) mablag‘larni o‘tkazish va/yoki konvertatsiya qilish boʻyicha arizalari ijroga qabul qilinmaydi (USD/UZS valyuta juftliklarida konvertatsiya qilish uchun arizalar Bank bilan kelishilgan holda qabul qilinishi mumkin);
• 2026-yil 16-fevraldan 18-fevralgacha (shu kunni ham qo‘shgan holda) Janubiy Koreya vonidagi (KRW) mablag‘larini o‘tkazish va/yoki konvertatsiya qilish bo‘yicha arizalari ijroga qabul qilinmaydi;
• 2026-yil 16-fevraldan 20-fevralgacha (shu kunni ham qo‘shgan holda) Xitoy yuanidagi (CNY/CNH) mablag‘larini o‘tkazish va/yoki konvertatsiya qilish bo‘yicha arizalari ijroga qabul qilinmaydi.
Hisob-kitoblarni xorijiy valyutalarida amalga oshirayotganingizda ushbu xabarga e’tibor qaratishingizni so‘raymiz.