HUMOPay kontaktsiz to‘lovlar xizmati ishga tushirildi

HUMO karta egalari uchun ajoyib yangilik!

“KDB Bank O‘zbekiston” AJ, sizga mamnuniyat bilan HUMOPay to‘lovlarni kontaktsiz amalga oshirish xizmatini taqdim qiladi.

Endilikda, siz bank plastik kartasini yoningizda olib yurmasdan to‘lovlarni bevosita mobil telefoningiz orqali amalga oshirishingiz mumkin. Buning uchun, o‘z telefoningizga “MultiPay” bank mobil ilovasini yuklab yoki yangilab olishingiz kifoya qiladi, to‘lovlarni “Оплата” menyusi orqali “HUMOPay” xizmatiga o‘tish va HUMO kartalaridan birini tanlab telefoningizni to‘lov terminaliga* qo‘yish bilan amalga oshiriladi.

*Ushbu xizmatdan faqat NFC texnologiyasiga ega Android tizimida ishlovchi smartfonlar foydalanish imkoniyatiga ega.