2024 yil 30 aprel kuni “KDB bank O’zbekiston” AJ tomonidan “Diniy ekstrimizm va terrorizm tahdidlari” to‘g‘risida seminar-trening o‘tkazildi
“KDB bank O’zbekiston” AJ tomonidan“Diniy ekstrimizm va terrorizm tahdidlari” to‘g‘risida seminar-trening o‘tkazildi
2024 yil 30 aprel kuni, “KDB bank O’zbekiston” AJ tomonidan bank xodimlari uchun “Diniy ekstrimizm va terrorizm tahdidlari” mavzusida O‘zbekiston Respublikasi din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi xodimi ishtirokida seminar-trening o‘tkazildi.
Tashkil qilingan seminar-treningda diniy ekstremizm nimaligi, uning shakllari, targ‘ibot usullari va O‘zbekistondagi umumiy holati haqida so‘z olib borildi. Shuningdek, qo‘mita xodimi qatnashuvchilardan dinshunoslik ekspertizasidan ijobiy xulosa olinmagan hamda shubhali mediamahsulotlarini yuklab olmaslik va tarqatmaslikni so‘radi.
Qolaversa, trening so‘ngida xodimlarimiz o‘zlarini qiziqtirgan savollariga Din ishlari bo‘yicha qo‘mita xodimidan javob olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.