KDB Bank aksiyadorlarning navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tishi haqida ma’lum qiladi.

«KDB Bank O‘zbekistan» AJ Kengashi Aktsiyadorlarning navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tishi haqida ma’lum qiladi.

«KDB Bank Uzbekistan» AJ Kengashi 2019 yil 30 may kuni soat 11:00 da O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Buxoro ko‘chasi, 3-uy manzili bo‘yicha joylashgan «KDB Bank Uzbekistan» AJ binosining 4-qavatdagi majlislar zalida Aktsiyadorlarning navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tishi haqida ma’lum qiladi.

Aksiyadorlarning navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishi kun  tartibi:

  • 2019 MY uchun Bankning yillik byudjeti va biznes rejasini ko‘rib chiqish va tasdiqlash;
  • 2018 MYda olingan sof foydaning taqsimlanishini ko‘rib chiqish va tasdiqlash;
  • 2018 MY uchun Bankning audit tekshiruvidan o‘tkazilgan moliyaviy hisobotlarini tasdiqlash;
  • 2019 MY uchun auditorlik tashkilotini belgilash va uning xizmatlariga to‘lanadigan eng ko‘p haq miqdorini tasdiqlash;
  • Bankning tashkiliy tuzilmasiga o‘zgartirishlarni tasdiqlash;
  • “KDB Bank O‘zbekiston” AJ Ustaviga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish;
  • Bank Kengashining 2018 MY uchun  Korporativ boshqaruvi to‘g‘risidagi yillik hisobotini ko‘rib chiqish va tasdiqlash;
  • 2018 MY uchun banking moliyaviy faoliyati yakunlari bo‘yicha Taftish komissiyasi tuzgan hisobotni tasdiqlash;
  • 2019 yil 24 may holatiga shakllantirilgan aksiyadorlar reestrida qayd etilgan  aktsiyadorlar «KDB Bank Uzbekistan» AJ Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishida qatnashish huquqiga egadirlar.

 

«KDB Bank Uzbekistan» AJ Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi to‘g‘risida xabar 2019 yil 7 may holatiga shakllantirilgan aktsiyadorlar reestrida qayd etilgan  aktsiyadorlarning elektron pochtalariga xabarnoma jo‘natish, bankning rasmiy veb-saytida, Korporativ axborotning yagona portalida hamda gazetada e’lon chop etish orqali amalga oshiriladi. 

«KDB Bank Uzbekistan» AJ Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishida ro‘yxatdan o‘tish uchun aktsiyadorlarning vakillari qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnomalar bilan kelishlari lozim.      

Aksiyadorlarni ro‘yxatga olishni boshlash vaqti: 10:30