Bank mobil ilovasining eski versiyasi faoliyati va uni yangilash zaruriyati to’g’risida.
Hurmatli mijozlar!
Ushbu bilan, “KDB Bank O’zbekiston” AJ shuni ma’lum qiladiki, 2023-yil 29-sentabrdan boshlab mobil ilovaning eski versiyasi – “MultiPay” ilovasidan foydalanish imkoniyati to’xtatiladi.
Shu bilan birgalikda, ilovaning yangi versiyasi – “KDBUz Mobile” ilovasiga o’tish zaruriyati haqida eslatib o’tamiz.
“MultiPay” versiyasi foydalanuvchilari mobil bank ilovasining faoliyatini saqlab qolish uchun qanday harakatlarni amalga oshirishi zarur?
1-qadam. Ilova versiyasini quyidagi manzildan tekshirib ko’ring: “Menyu” → “Ilova haqida”. Agar ilova versiyasi KDBUz Mobile 2.0 va undan yuqori bo’lsa, ilovadan foydalanish imkoniyati saqlanib qoladi. Agar ilova versiyasida “MultiPay” nomi mavjud bo’lsa, uni darhol yangilash zarur.
2-qadam. Muhim! “MultiPay” eski ilovasini o’chirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi: “Sozlamalar” ustiga bosing → “Ilovalar” → “Barcha ilovalar” →” MultiPay” → “O’chirish”.
3-qadam. Foydalanuvchilar “KDBUz Mobile v2” yangilangan ilovasini Google Play yoki AppStore rasmiy ilova do’konlaridan yuklab olishlari kerak.
Agar ilovani yuklab olishda yoki akkauntingizga kirishda savollar paydo bo’lsa, +998900140262 (Telegram) yoki +99878120800 telefon raqami orqali Mijozlarni qo’llab-quvvatlash xizmati Markaziga murojaat qilib, individual konsultatsiya olishingiz mumkin.