Visa Gold Euro kartalari, o’z egalariga boshqa qulayliklar bilan bir qatorda, Visa tizimining turli mamlakatlardagi hamkorlari tomonidan muntazam ravishda taqdim etiladigan takliflardan (chegirmalar) foydalanish imkoniyatini beradi.
Visa Gold Euro asosan Yevropa davlatlarida kartadan faol foydalanadigan mijozlar uchun juda qulay to’lov vositasidir. Ushbu kartaning asosiy xususiyati shundan iboratki, mijoz kartadan Yevrohududda yevroda to’lov amalga oshirgan taqdirda, boshqa valyutadagi kartalardan farqli ravishda almashuv kursi tufayli yuzaga kelishi mumkin bo’lgan xarajatlarni to’lamaydi.
Bepul taqdim etiladigan xizmatlar - karta chiqarish, kartani 1 kun ichida tezkor chiqarish, mahalliy va xalqaro raqamga SMS Xabar xizmati, 3D Secure (Verified by Visa)- internet to’lovlar uchun ishonchli himoya , qo’shimcha kartani chiqarish.