«Yagona QR-kod» tizimini ishga tushirilishi

Hurmatli mijozlar!

 

«Yagona QR-kod» tizimini ishga tushirilishi haqida sizni xabardor qilamiz hamda bankimiz terminaliga ulangan bo’lsangiz, majburiy ro‘yxatdan o‘tish lozimligini ma’lum qilamiz

 

Ro‘yxatdan o‘tish tartibi:

  1. Internet Banking iDBA ilovasida «Nostandart so‘rov» bo‘limiga o‘ting;
  2. Ro‘yxatdan o‘tkazmoqchi bo‘lgan mobil telefon raqamingizni ko‘rsating;
  3. Ushbu raqamga Telegram akkaunti bog‘langanligini tasdiqlang.

So‘rov qabul qilingandan so‘ng bank uni tezkorlik bilan ko‘rib chiqadi va sizga ro‘yxatdan o‘tishni tasdiqlovchi xabarni yuboradi.

 

*«Yagona QR-kod» tizimi - yuqori xavfsizlik talablariga javob beradigan zamonaviy to‘lov standarti hisoblanadi.

2026-yil 1-iyuldan boshlab barcha savdo shoxobchalari va xizmat ko‘rsatish korxonalari uchun Yagona QR-kod orqali to‘lovlarni qabul qilish majburiy bo‘ladi.

 

Hamkorligingiz va tushunganingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz!