Xizmat ko'rsatishda qulayliklar yaratish maqsadida yangi tartiblar joriy etildi

Hurmatli Mijoz,

Bankimizga bildirilayotgan ishonch hamda hamkorlik uchun Sizga yuksak hurmatimiz va minnatdorchiligimizni izhor etgan holda, bankimizdagi biznes jarayonlarini optimallashtirish va xizmat ko'rsatishda qulayliklar yaratish maqsadida quyidagi yangi tartiblar joriy etilganligini mamnuniyat bilan ma’lum qilamiz.

O’zbekiston Respublikasi Valyuta Birjasi orqali chet el valyutasini sotib olish bilan bog’liq amaliyotlardagi yangi tartiblar:

  • Endilikda chet el valyutasini sotib olish bo'yicha amaliyotlar bankimiz veb-saytiga joylashtirilgan “Chet el valyutasini sotib olish bo'yicha operatsiyalarni O'zbekiston Respublikasi Valyuta Birjasi savdo sessiyalarida amalga oshirish yuzasidan Ommaviy oferta” shartlari asosida amalga oshiriladi. Ushbu Ommaviy ofertaning joriy etilishi bilan chet el valyutasini sotib olish bo’yicha avval imzolangan Bosh shartnomalar o’z kuchini yo’qotadi.
  • Chet el valyutasini sotib olish uchun arizaning yangi shakli tasdiqlandi. Unga asosan ariza taqdim etishda asosiy hisobvaraqni, shuningdek konvertasiya qilish uchun maxsus xisobvaraqlarni ko'rsatish shart emas.
  • Yangi amaliyotga muvofiq xorijiy valyutani xarid qilish uchun ariza taqdim etish vaqtida milliy valyuatada ochilgan 22613 hisobvarag'ida etarlicha mablag’ bo’lishi shart emas. Bank ushbu ariza bo'yicha ijobiy qaror qabul qilgan kundan keyingi ikki ish kuni ichida 22613 xisob varaq’ida etarli mablag’ bilan ta’minlash ariza ijrosi uchun kifoya qiladi.
  • Xorijiy valyutani xarid qilish uchun Bankka ariza taqdim etishda ilova qilinadigan hujjatlar ro'yxati qisqartirildi. Xususan, dividendlarni repatriatsiya qilish maqsadida xorijiy valyuta xarid qilish uchun Bankka taqdim etiladigan arizaga ta’sischilar yig'ilishining bayonnomasini ilova qilish kifoya.

Tashqi savdo shartnomalarini boshqa bankdan o’tkazish to’g’risida:

  • Tashqi savdo shartnomalarini boshqa tijorat banklaridan o'tkazishda o'tkazuvchi bankdan shartnomani bajarish to'g'risidagi ma’lumotnomani talab qilish amaliyoti bekor qilindi.

Qo'shimcha ma'lumot yoki savollar bilan menejeringizga yoki mijozlarga xizmat ko'rsatish bo'limiga murojaat qilishingiz mumkin.

Hurmat bilan,

"KDB Bank O’zbekiston" AJ