Xorijiy moliyaviy institut bilan hamkorlikni o‘rnatish

“KDB Bank O‘zbekiston” AJ boshqaruvi 2025-yil 19-maydan 22-maygacha Jazoirning Aljir shahrida o‘tkazilgan Islom Taraqqiyot Banki Guruhining Yillik yig‘ilishlarida faol ishtirok etdi. Ushbu tadbir Islom Taraqqiyot Banki bilan strategik hamkorlikni rivojlantirishda muhim bosqich bo‘ldi.

Yig‘ilish davomida bank boshqaruvi Xalqaro Islom Savdo Moliya Korporatsiyasi (ITFC) bilan samarali muzokaralar olib bordi. Natijada tomonlar “QDB Bank O‘zbekiston” AJga ITFC tomonidan 5 million AQSh dollari miqdorida kredit liniyasini ochish to‘g‘risida kelishib oldi. Kredit liniyasi muddati 18 oygacha bo‘lib, savdo moliyalashtirish faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va kengaytirishga qaratilgan.

“KDB Bank O‘zbekiston” AJ moliyalashtirishni jalb qilish va O‘zbekistondagi korxonalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida xorijiy moliyaviy institutlar bilan hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha sa’y-harakatlarini davom ettiradi.