Turli yurisdiksiyalarda joylashgan sanksiya kiritilgan banklar ro’yxati.

Amaldagi turli sanksiya dasturlarini (SDN, CAPTA, SSI kabi) inobatga olgan holda, shuningdek, yanada aniqlik va  qulaylikni ta’minlash maqsadida, Bankimiz tomonidan turli yurisdiksiyalarda joylashgan sanksiya kiritilgan banklar ro’yxati tuzildi. 

 

Shuni ma’lum qilamizki, ushbu ro’yxatdagi banklar ishtirok etgan har qanday amaliyotlar KDB Bank O’zbekiston AJ tomonidan Bank o’zi alohida e’lon qilgunga qadar to’xtatib turiladi. Agar Sizning eksport, import yoki boshqa xorijiy shartnomalaringiz bo’yicha ishtirok etadigan bank yoki moliya tashkiloti sanksiya kiritilgan banklar ro’yxatida mavjud bo’lsa, u holda benefitsiar banki muddati o’tgan debitorlik va kreditorlik qarzlari paydo bo’lishini oldini olish maqsadida o’zgartirish uchun qayta ko’rib chiqiladi. 

 

Boshqa xorijiy banklar ishtirokidagi to'lovlar odatiy tartibda amalga oshiriladi.

 

Sanksiya kiritilgan banklar ro‘yxatida o‘zgarishlar kuzatilsa, yuqoridagi havola orqali yangilangan ma’lumotlarni avtomatik tarzda berib borilishi ta’minlanadi.