Qisqartirilgan ish kuni
20.04.2023
Hurmatli mijozlar!
Ushbu bilan “KDB Bank O’zbekiston” AJ 2023-yil 20-apreldan 24-aprelga qadar bank filiallarining ish jadvali haqida ma’lum qiladi.
2023 yil 20 aprel (bayram oldi qisqartirilgan ish kuni):
- Kassa xizmati va ayirboshlash shoxobchasi - soat 16:00 gacha;
- Xorijiy valyutadagi to‘lovlar (shu jumladan iDBA tizimi orqali yuborilganlar) – soat 16:00 gacha;
- Ish haqi hisob-kitob qaydnomalarini qabul qilish - soat 16:00 gacha;
- Xorijiy valyutani sotib olish/sotish bo’yicha konvertatsiya arizalarini qabul qilish - soat 16:00 gacha.
2023 yil 21 va 24 aprel (bayram kunlari). Bank 2023 yil 25-apreldan odatdagidek ishlaydi.
Iltimos, hisob-kitoblarni rejalashtirishda va bankka tashrif buyurishda ushbu xabarni hisobga oling.