Rejalashtirilgan texnik ishlar

Hurmatli Mijozlar,

“KDB Bank O‘zbekiston” AJ sizni rejalashtirilgan texnik xizmat ko‘rsatish ishlari haqida xabardor qiladi. Ushbu ishlar 2026-yil 26 sentabr soat 23:30 dan 27 sentabr soat 07:00 gacha bo‘lib o‘tadi.

Ko‘rsatilgan davrda Bankning masofaviy bank xizmatlari — KDBUz Mobile va Internet Banking iDBA faoliyatida vaqtinchalik cheklovlar yuzaga kelishi mumkin.

Muhim operatsiyalarni, jumladan, mablag‘larni konvertatsiya qilish, to‘lovlar va o‘tkazmalarni oldindan rejalashtirishingizni so‘raymiz.

Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va tushunganingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz.


Hurmat bilan,
«KDB Bank Uzbekistan» AJ