Rossiyaning harbiy-sanoat bazasini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan AQSH Moliya vazirligining Xorijiy aktivlarni nazorat qilish departamentining (keyingi o‘rinlarda - OFAC) sanksiyalari bo‘yicha xorijiy moliya institutlari uchun OFAC tavsiyalari asosida kuchaytirilgan tekshiruv o’tkazilishi yuzasidan

“KDB Bank O‘zbekiston” AJ sanksiyalar xavfini yumshatish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida quyidagilarni ma’lum qiladi.

2023-yil 22-dekabrda Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti tomonidan 2021-yil 15-aprelda 14024-sonli Ijroiya Farmoni ("E.O. 14024") bilan Rossiya Federatsiyasiga nisbatan kiritilgan sanksiyalar dasturi doirasida cheklovchi choralarni qo‘llash mezonlarini belgilovchi Farmonga  o’zgartirishlar *  kiritildi va imzolandi.

Endilikda sanksiyalar quyidagi muhim operatsiyalarni amalga oshiradigan yoki ularga yordam beradigan xorijiy moliya institutlariga nisbatan ham qo‘llanilishi mumkin:

-           Rossiya Federatsiyasining harbiy-sanoat, texnologiya, mudofaa va maxsus materiallar, qurilish, aerokosmik yoki ishlab chiqarish sohalarida faoliyat yuritgan yoki faoliyat yuritganligi uchun sanksiya ro‘yxatiga kiritilgan shaxslar bilan operatsiyalar (Maxsus Sektorlar **) yoki;

-           Rossiya Federatsiyasining harbiy-sanoat bazasi bilan bog'liq har qanday xizmatni, shu jumladan Rossiya Federatsiyasiga har qanday tovarni yoki buyumlarni bevosita yoki bilvosita sotish, yetkazib berish yoki o‘tkazishni ta‘minlash (Maxsus Tovarlar ***).

Cheklovchi choralar sifatida OFAC to'liq bloklantiruvchi sanksiyalarni qo'llashi yoki yuqorida ko‘rsatilgan mezonlarga to‘g‘ri keladigan xorijiy moliya institutlariga nisbatan korrespondentlik yoki tranzit hisoblarini yuritishni taqiqlashi yoki cheklashi, shu jumladan AQShdagi xorijiy moliya institutlarining aktivlarini muzlatishi mumkin.

OFAC **** tavsiyalari va bankning Sanksiysviy Risk Appetiti asosida “KDB Bank O`zbekiston” AJ tomonidan mijozlarning tashqi savdo operatsiyalari va mijozlar bazasiga nisbatan kengaytirilgan tekshiruv choralarini qoʻllanilishi, shu jumladan mijozlarning Maxsus Sektor va Maxsus Tovarlarga aloqadorligi va taʼsirini aniqlash uchun “Oʻz mijozingizni biling” tadbirini (KYC) oʻtkazilishi kerakligini,  shuningdek, mijozlarga Maxsus Sektorlarda faoliyat yurituvchi hamda sanksiya ostidagi shaxslar bilan ish faoliyatini yuritmaslik, harbiy-sanoat bazasi bilan bog‘liq har qanday faoliyatni amalga oshirishmaslik, shu bilan birga Maxsus Tovarlar bilan bog'liq operatsiyalarni mijozlarning “KDB Bank O‘zbekiston” AJdagi hisobraqamlaridan amalga oshirmasliklari so’raladi.

 

 

* //www.whitehouse.gov/briefing-room/presidential-actions/2023/12/22/executive-order-on-taking-additional-steps-with-respect-to-the-russian-federations-harmful-activities/

** AQShmoliyavaziriAQShDavlatkotibibilanmaslahatlashganholdaiqtisodiyotningqaysitarmoqlariRossiyaharbiy-sanoatbazasiniqo'llab-quvvatlashinianiqlashhuquqigaegavashuninguchun 14024-sonliIjroiyaFarmonigamuvofiqnishongaolinishimumkin.

*** //ofac.treasury.gov/media/932446/download?inline

**** //ofac.treasury.gov/media/932436/download?inline