“KDB Bank O‘zbekiston” AJ tomonidan kutubxona tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2020-2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish to‘g‘risida” gi qarori doirasida yurtimizda yoshlarning kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, ularning intellektual salohiyatini o‘sishi uchun shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha samarali ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, “KDB Bank O’zbekiston” AJ va uning jamoasi ushbu xayrli maqsad yo‘lida Yunusobod tumani, Nosirov ko‘chasi, 69-uy manzili bo‘yicha joylashgan Minor MFY binosida bolalar uchun kutubxona tashkil etilishiga o‘z hissasini qo‘shdi.
Kutubxona kitob javonlari, bolalar uchun qulay parta va o‘rindiqlar bilan jihozlandi hamda u yerda o‘zbek va rus tillaridagi 600 ga yaqin turli janrdagi milliy va jahon adabiyotining durdona asarlari jamlandi.