SWIFT Alliance Lite2 xizmatiga o'tish!
16.08.2022
2022 yil 15 avgustdan boshlab Bankdagi barcha xalqaro pul o‘tkazmalari va xabarlar «SWIFT Alliance Lite 2» moliyaviy xabar almashish xizmati orqali amalga oshirilayotganini mamnuniyat bilan ma’lum qilamiz.
Yangi xizmat bulutli infratuzilma orqali SWIFT tizimiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanishni ta’minlaydi va avvalgi xizmatga nisbatan yuqori darajadagi ishonchlilik va xavfsizlikka ega, bu esa mijozlar topshiriqlarini amalga oshirish uchun yanada qulay sharoit yaratadi.