(Yangilangan) Xitoy yuan (CNY/CNH) va Koreya von (KRW) valyutalaridagi to`lov topshiriqnomalarini ijro jadvali haqida ma’lumot.

Hurmatli Mijozlar,

Tegishli davlatlarda rasmiy bayram kunlari munosabati bilan “KDB Bank O`zbekiston” AJ xorijiy valyutalardagi (CNY/CNH and KRW) mablag`larini o`tkazish va/yoki konvertatsiya qilish uchun arizalarni quyidagi jadvalga muvofiq ijroga qabul qiladi:

∙    2025-yil 27-yanvardan 2025-yil 30-yanvargacha Koreya vonidagi (KRW) mablag`larini o`tkazish va/yoki konvertatsiya qilish bo`yicha arizalari ijroga qabul qilinmaydi (KRW/UZS valyuta juftliklarida konvertatsiya qilish uchun arizalar Bank bilan kelishilgan holda qabul qilinadi);

∙    2025-yil 28-yanvardan 2025-yil 3-fevralgacha Xitoy yuanidagi (CNY/CNH) mablag`larini o`tkazish va/yoki konvertatsiya qilish bo`yicha arizalari ijroga qabul qilinmaydi (CNY/UZS valyuta juftliklarida konvertatsiya qilish uchun arizalar Bank bilan kelishilgan holda qabul qilinadi).

Hisob-kitoblarni Xitoy yuan (CNY/CNH) va Koreya von (KRW) valyutalarida amalga oshirayotganingizda ushbu xabarga e’tibor qaratishingizni so`raymiz.