Onlayn kazino, totalizator hamda shu kabi qimor va tavakkalchilikka asoslangan internet saytlar/platformalar (X-Bet, pin.up va boshqalar) bilan bog‘liq operatsiyalar bo’yicha e’lon.

Hurmatli mijozlar!

“KDB Bank O‘zbekiston” AJ (keyingi o‘rinlarda - Bank) tomonidan chiqarilgan plastic kartalar yordamida onlayn kazino, totalizator hamda shu kabi qimor va tavakkalchilikka asoslangan internet saytlar/platformalar (X-Bet, pin.up va boshqalar) bilan bogliq operatsiyalarni amalga oshirmaslikni soraymiz. Bunday operatsiyalarni amalga oshirishni Bankning ichki me’yoriy hujjatlari bilan taqiqlangan va ular aniqlangan taqdirda Bank Ommaviy Oferta shartlariga muvofiq choralar ko‘rilishi huquqini ozida saqlab qoladi.