Muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud bo‘lgan tashqi savdo shartnomalariga xizmat ko‘rsatishning vaqtinchalik tartibi tasdiqlanganligi haqida
Muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud bo‘lgan tashqi savdo shartnomalariga xizmat ko‘rsatishning vaqtinchalik tartibi tasdiqlanganligi haqida
1. Bank boshqaruvi tomonidan vaqtinchalik tartib tasdiqlanib, unga ko‘ra tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha muddati o‘tgan debitor qarzdorligi mavjud bo‘lgan tadbirkorlik subyektlariga quyidagi tartibda xizmat ko‘rsatish amalga oshiriladi:
- eksport operatsiyalari oldindan to‘1ov, ochilgan akkreditiv, rasmiylashtirilgan bank kafolati va eksport kontraktini siyosiy hamda tijorat tavakkalchiliklaridan sug‘urta qilish bo‘yicha polis asosida amalga oshiriladi;
- import operatsiyalari bo‘yicha tranzaksiyalar 2024-yil 1-iyuldan boshlab faqat tovarlar erkin muomalaga chiqarilganidan (ishlar bajarilganidan, xizmatlar ko‘rsatilgandan) so‘ng yoki kafolatli to‘1ov turlari (akkreditiv, xorijiy bank kafolati, sug‘urta polisi) asosida o‘tkaziladi;
- boshqa turdagi tashqi savdo operatsiyalari (tovarlarni olib kirish, olib chiqish, sotib olish va sotish) bo‘yicha to‘lovlar 2024-yil 1-iyuldan boshlab kafolatli to‘lov turlari (akkreditiv, xorijiy bank kafolati, sug‘urta polisi) asosida amalga oshiriladi.
Bunda, ushbu talablar bitta tashqi savdo shartnomasi doirasida amalga oshirilgan operatsiyalar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorlik summasi 10 foizdan oshgan taqdirda tadbiq etiladi.
2. Muddati o‘tgan kreditrolik qarzlari mavjud bo‘lgan shartnomalar bo‘yicha:
- 2024-yil 1-iyuldan boshlab import shartnomasi bo‘yicha 365 kundan oshgan kreditor qarzdorlik uchun to‘lov1ar O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining rasmiy veb-saytida joylashtiriladigan ro‘yxatda ko‘rsatilgan xalqaro auditorlik tashkilotining a’zo1ari bo‘lgan auditorlik tashkilotlari tomonidan xorijiy hamkor oldida qarzdorlikning mavjudligi tasdiqlangan hollarda amalga oshiriladi.
Ushbu tartib bo‘yicha savollar yoki tushuntirish zarur bo‘lgan taqdirda, mijozlardan bankimizning mijozlar bilan ishlash menejerlari yoki Valyutani tartibga solish boshqarmasi xodimlariga murojaat qilishingizni so‘raymiz.