KDB Bank O`zbekistonning Ikkinchi O’zbekiston Iqtisodiy Forumidagi ishtiroki
Aziz yurtdoshlar hamda hurmatli mijozlar,
Shu kunlarda qadimiy va navqiron Samarqand shahrida xorijiy ekspertlar, iqtisodchilar va investorlar ishtirokida “Ikkinchi O`zbekiston Iqtisodiy Forumi” bo`lib o`tayotganidan xabaringiz bor. Ushbu forum doirasida mahalliy va xorijiy moliya institutlari tomonidan ikki tomonlama manfaatli bo`lgan bir nechta moliyaviy bitimlar va hamkorlik kelishuvlari imzolanishi rejalashtirilgan.
Jumladan, iqtisodiy forumning dastlabki kunida “KDB Bank O`zbekiston” AJ va “Aloqabank” ATB hamda “KDB Bank O`zbekiston” AJ va “Agrobank” ATB ortasida “on-lending” krediti (banklararo uzoq muddatli kredit liniyasi) bo`yicha qiymati mos ravishda 5 million va 10 million AQSH dollari miqdorida bo`lgan bitimlar imzolandi.
Ushbu mablag`lar, o`z navbatida, “Aloqabank” ATB va “Agrobank” ATB tomonidan mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan kichik va o`rta biznes sub’yektlari loyihalarini moliyaviy qo`llab-quvvatlash uchun yo`naltiriladi.