“KDB Bank O‘zbekiston” AJ COVID-19 virusiga qarshi
Koronavirus atamasi qisqa vaqt oralig‘ida o‘z nomini butun insoniyatga tanitib qo‘yish bilan birga, barchamizni hayot tarzimizni ham unga qarab moslashtirishga majbur etmoqda.
Iqtisodiyotning har bir sohasi inson manfaati uchun xizmat qilar ekan, ushbu manfaatdorlik darajasini har qanday vaziyatda yuqori darajada ushlab turish zamon talabidir.
Jumladan, bank sohasi ham ushbu holatga zudlik bilan moslashishi, tijorat banklari o‘z mijozlariga qulayliklar yaratishi kechiktirib bo‘lmas vazifaga aylandi.
Yuqoridagi vazifadan kelib chiqib, “KDB Bank O‘zbekiston” AJ ham o‘z mijozlarini hozirgi murakkab sharoitda qo‘llab-quvvatlash maqsadida quyidagi imkoniyatlarni amaliyotga joriy etdi.
Ajratilgan kreditlarning so‘ndirish muddatlarini uzaytirish. “KDB Bank O‘zbekiston” AJ jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan olingan kreditlarning so‘ndirilish muddatlarini, qarzdorning moliyaviy holati hamda karantin tufayli pul oqimlaridagi o‘zgarishlarni inobatga olgan holda, keyingi muddatlarga cho‘zish amaliyotini joriy etdi. Bugungi kunga qadarqator kreditlarning so‘ndirish muddatlari uzaytirildiva qarzdorlar tomonidan kreditning so‘ndirish muddatini uzaytirish bo‘yicha tushayotgan arizalar ijobiy hal etib kelinmoqda.
Masofaviy xizmatlardan foydalanishni kengaytirish. “KDB Bank O‘zbekiston” AJ karantin davrida yuridik shaxs bo‘lgan mijozlari tomonidan bankning masofaviy xizmatlaridan keng foydalanishlarini rag‘batlantirish maqsadida ushbu xizmatlar uchun oylik to‘lovlarni 2020 yil 1 apreldan 2020 yil 31mayiga qadar bekor qildi.
Yuqoridagi chora-tadbir, olib borilgan keng qamrovli tushuntirish va targ‘ibot ishlari natijasida masofaviy xizmatlardan foydalanmasdan kelayotgan deyarli barcha yuridik shaxs bo‘lgan mijozlarni masofaviy xizmatlarga ulash muvaffaqiyatli amalga oshirildi.
Bank plastik kartalariga tegishli masalalarni bankka tashrif buyurmagan holda hal etish. Karantin davrida plastik karta bilan bog‘liq masalalarni masofadan turib hal etish amaliyotga tatbiq etildi. Jumladan, yangi plastik karta ochish, plastik karta amal qilish muddatini uzaytirish, plastik kartani blokdan echish va boshqa masalalar yuzasidan bankimiz mijozlari bankning veb-sahifasi (www.kdb.uz) va telegram kanalida (t.me/kdbuzbekistan) ko‘rsatilgan telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishlari yoki maxsus elektron pochta (ish haqi loyihasi doirasidagi bank kartalari bo‘yicha - csd@kdb.uz, shaxsiy bank kartalari bo‘yicha - csi@kdb.uz) lariga murojaat yuborish orqali o‘z muammolarini hal qilishlari mumkin. Bunda bankimizning tajribali mutaxassislari mijozlarimizga tezkor va sifatli xizmat ko‘rsatib, murojaatda ko‘rsatilgan masalalarni qisqa muddatlarda hal etib kelmoqdalar.
Pensiya, ish xaqi va boshqa to‘lovlarni plastik kartaga o‘tkazish. COVID-19 koronavirusi qog‘oz yuzasida nisbatan uzoqroq muddat jon saqlashi sababli O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki naqd pul aylanishini nazoratga olish yuzasidan barcha tijorat banklariga kerakli ko‘rsatmalarni berib kelyapti. Ushbu ko‘rsatmalardan kelib chiqqan holda, bankimiz tomonidan koronavirus infektsiyasining tarqalishini oldini olish va aholining sanitar-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash maqsadida 2020 yil 14 apreldan boshlab pensiya, ish haqi va boshqa to‘lovlarini 100% miqdorda plastik kartalarga o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yilib, bu borada barcha mijozlar bilan tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
“O‘zbekiston mexr-shavqat va salomatlik” jamoat fondiga o‘tkazmalarni amalga oshirish imkoniyati yaratildi. Butun dunyo aholisi koronavirus deb atalmish balodan a’ziyat chekayotgan vaqtda o‘zbek xalqiga xos bo‘lgan saxiylik va bag‘rikenglik beg‘araz yordamda namoyon bo‘lib kelmoqda.
Jumladan, COVID-19ga qarshi kurashish doirasida respublikamizda “O‘zbekiston mexr-shafqat va salomatlik” jamoat fondi tashkil etilgan bo‘lib, ushbu fondga hissa qo‘shish maqsadida bo‘lgan bankimiz mijozlari uchun MultiPay mobil ilovasida mablag‘ o‘tkazish imkoniyati yaratildi. Muruvvatli mijozlarimiz ushbu imkoniyatdan foydalangan holda “O‘zbekiston mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondiga pul mablag‘larini o‘tkazishlari, hamda koronavirusga qarshi kurashga o‘z hissalarini qo‘shishlari mumkin.
“KDB Bank O‘zbekiston” AJ bundan keyin ham mijozlarga qulayliklar yaratishda davom etadi.