«KDB Bank O‘zbekiston» AJ Aksiyadorlarning 28.02.2024 yildagi 1-navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tishi haqida ma’lum qiladi.
«KDB Bank O‘zbekiston» AJ Kuzatuv kengashi 2024-yil 28-fevral kuni soat 11:00 da O‘zbekiston, Toshkent shahri, Buxoro ko‘chasi, 3-uy manzilida joylashgan «KDB Bank O‘zbekiston» AJ 4-qavatdagi majlislar zalida Aksiyadorlarning 1-navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tishi haqida ma’lum qiladi.
Aksiyadorlarning 2024-yildagi 1-navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi
KUN TARTIBI:
- Kuzatuv kengashi a’zolarini saylash;
- Taftish Komissiyasi a’zolarini saylash;
- Bank Boshqaruvi raisini tasdiqlash;
- Bank Ustaviga kiritilayotgan o‘zgartishlarni tasdiqlash;
- Bankning yangi tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash.
2024-yil 31-yanvar holatiga shakllantirilgan aksiyadorlar reyestrida qayd etilgan aksiyadorlarga «KDB Bank O‘zbekiston» AJ Aksiyadorlarining 1-navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi to‘g‘risida yozma ravishda elektron pochta orqali xabar yuboriladi.
2024-yil 22-fevral holatiga shakllantirilgan aksiyadorlar reyestrida qayd etilgan aksiyadorlar «KDB Bank O‘zbekiston» AJ Aksiyadorlarining 1-navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida qatnashish huquqiga egadirlar.
«KDB Bank O‘zbekiston» AJ Aksiyadorlarning 1-navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida ro‘yxatdan o‘tish uchun aksiyadorlarning vakillari qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnomalar bilan tashrif buyurishlari lozim.
Aksiyadorlarni ro‘yxatga olishning boshlanish vaqti: 10:30
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishda ko‘rib chiqiladigan masalalar bo‘yicha ma’lumot va materiallar bilan Toshkent shahri, Buxoro ko‘chasi, 3-uy manzilida joylashgan «KDB Bank O‘zbekiston» AJ binosida tanishishlari mumkin.
Elektron pochta manzili: info@kdb.uz