“KDB Bank Özbekiston” AJ Boşqaruvi tarkibida özgariş

2026-yil 23-noyabr kuni “KDB Bank Özbekiston” AJ Kuzatuv kengaşi tomonidan Bank boşqaruvi tarkibiga özgartiriş kiritiş töğrisida qaror qabul qilindi.
Aşrafxanov Bobir Baxodiroviçning öz xohişiga köra Bank boşqaruvi raisi örinbosari lavozimidan ketişi munosabati bilan Kuzatuv kengaşi Kadirxodjayev Şavkatxodja Akramxodjayeviçni boşqaruv raisi örinbosari lavozimiga tayinlaş töğrisida bir ovozdan qaror qabul qildi.
Kadirxodjayev Şavkatxodja Akramxodjayeviç yigirma yildan buyon “KDB Bank Özbekiston” AJda faoliyat yuritib kelmoqda. Uşbu davr mobaynida Bankning bir qator boşqarmalariga rahbarlik qilgan bölib, özining boy kasbiy tajribasi, çuqur bilimi va boşqaruv salohiyati bilan Bank rivojiga munosib hissa qöşib kelgan.
Kadirxodjayev Şavkatxodja Akramxodjayeviç Özbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan uning nomzodi kelişib olinganidan söng öz vazifalarini bajarişga kirişadi.
Bank rahbariyati va jamoasi Kadirxodjayev Şavkatxodja Akramxodjayeviçga yangi mas’uliyatli lavozimida ulkan muvaffaqiyatlar, samarali faoliyat va yangi yutuqlar tilaydi.