Barcha turdagi bank tranzaksiyalarini masofaviy tizimlar orqali o’tkazish

Hurmatli Mijozlar,

Bugungi kunda qog’oz hujjatlari COVID-19 koronavirus infeksiyasining tashuvchilaridan bo’lishi mumkinligi hammaga ma’lum.

Jahon Sog'liqni Saqlash tashkiloti ma'lumotlariga ko'ra, qog’oz hujjatlarida virusning umr ko'rish davomiyligi 3-4 kunni tashkil etadi, bu esa mijozlarga yoki bank xodimlariga ushbu hujjatlarni topshirganda yuqtirish xavfini tug'diradi.

Koronavirus infeksiyasining tarqalishini oldini olish, amaldagi karantin sharoitlarini saqlash, shuningdek aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta'minlash maqsadida, hamda O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2020 yil 13 apreldagi №09-37/98-sonli xatida belgilangan talablarga binoan barcha turdagi bank xizmatlari iloji boricha Bankning mavjud masofaviy tizimlari orqali amalgam oshirilishi kerak.

Yuqorida aytib o’tilgan talablarni inobatga olgan holda, Sizdan bank tranzaksiyalarini amalga oshirishingizda “Internet Banking”, “Office.Net” va “MultiPay” masofaviy tizimlarimizdan kengroq foydalanishingizni so'raymiz.

Ushbu chora-tadbirlar COVID-19 virusi tarqalishini oldini olish, siz va atrofdagilar salomatligini o’ylagan holda amalgam oshirilmoqda.

Masofaviy tizimlarga ulanish, yoki ulardan foydalanish bo’yicha biron bir savolingiz yoki taklifingiz bo'lsa Bankning Mijozlarga xizmat ko’rsatish bo’limiga, yoki Sizga biriktirilgan Mijozlar bilan ishlash Menejeriga bog'lanishingizni so'raymiz.

Tushunganingiz va hamkorlik qilganingiz uchun tashakkur.

O'zingizni va yaqinlaringizni asrang!