Mijozga yo‘riqnoma: KDB Bank O‘zbekiston AJda onlayn tarzda hisob ochish uchun shaxsiy ma’lumotlardan foydalanishga rozilik berish tartibi

(O‘zbekiston Respublikasi rezidentlar uchun)
Hurmatli mijoz!
Onlayn tarzda hisob ochish uchun Bankka Mobile-ID va OneID davlat platformalari orqali shaxsiy ma’lumotlaringizdan foydalanishga rozilik berish talab etiladi.
Iltimos, quyidagi tavsiya etilgan bosqichlarni ketma-ket bajarib chiqing.
Jarayonni boshlashdan oldin quyidagilarga ega ekanligingizni tekshiring:
· kamera va barqaror internetga ega smartfon;
· amaldagi O‘zbekiston Respublikasi pasporti (ID);
· sizning nomingizga ro‘yxatdan o‘tkazilgan faol mobil telefon raqami;
· KDBUz Mobile ilovasining so‘nggi versiyasi o‘rnatilgan (App Store/Google Play’dan yuklab oling).
1-bosqich. Mobile-ID tizimida ro‘yxatdan o‘tish
1. MyGov ilovasini App Store yoki Google Play marketidan yuklab oling;
2. MyGov ilovasida ro‘yxatdan o‘tish jarayonini mobil telefon raqami bilan pasport ma’lumotlarni kiritish orqali yakunlang;
3. Ilova ichidagi qidiruv satriga «Mobile-ID orqali jismoniy shaxslar ro‘yxatdan o‘tkazish» so‘rovini kiriting;
4. «Xizmatni olish» tugmasini bosing;
5. Telefon raqamingizni kiriting va MyID biometrik tekshiruvidan o‘ting;
6. Muvaffaqiyatli tekshiruvdan so‘ng, Mobile-ID tizimida ro‘yxatdan o‘tganligingiz to‘g‘risida SMS-xabarnoma olasiz.
2-bosqich. Shaxsiy ma’lumotlardan foydalanishga rozilik berish
1. id.egov.uz saytiga o‘ting;
2. Tizimga kirishning bir usulini tanlang:
o OneID login va paroli orqali
o Mobile-ID orqali
3. Tizimga kirgandan so‘ng «Shaxga doir ma’lumotlarni boshqarish» bo‘limini oching;
4. «Xizmatni faollashtirish» tugmasini bosing;
5. Foydalanuvchi kelishuvi bilan tanishib chiqing va faollashtirishni tasdiqlang;
6. Tashkilotlar ro‘yxatidan «KDB Bank O‘zbekiston» AJni toping;
7. Bankni tanlang va «Ruxsat berish» tugmasini bosing.
! Hech kimga PIN-kodingizni, SMS-kodlaringizni yoki ilova parollaringizni oshkor qilmang. Bank hech qachon ushbu ma’lumotlarni telefon yoki elektron pochta orqali so‘ramaydi.
3-bosqich. Qayta identifikatsiya
Rozilik berilgandan so‘ng:
· Bankning mobil KDBUz Mobile ilovasiga qaytib kiring;
· Face ID identifikatsiyasini qaytadan o‘ting;
· Onlayn hisob ochish jarayonini davom ettiring.
Bank qo‘llaniladigan qonunchilik talablariga muvofiq qo‘shimcha hujjatlar talab qilish yoki shaxsan identifikatsiya o‘tkazish huquqini o‘zida saqlab qoladi.