Xorijiy valyutalaridagi (USD, EUR, GBP, CNY/CNH, JPY, CHF, AED, RUB va KRW) to‘lov topshiriqnomalarini ijro jadvali haqida ma’lumot
Eslatma!
Hurmatli Mijozlar,
Tegishli davlatlarda rasmiy bayram kunlari munosabati bilan “KDB Bank O’zbekiston” AJ xorijiy valyutalardagi (USD, EUR, GBP, CNY/CNH, JPY, CHF, AED, RUB va KRW) mablag’larini o‘tkazish va/yoki konvertatsiya qilish uchun arizalarni quyidagi jadvalga muvofiq ijroga qabul qiladi:
- 2024-yil 24-dekabr - EUR/RUB va CNY/RUB valyuta juftliklarida konvertatsiya qilish uchun arizalarni bajarish uchun 2024-yilning oxirgi kuni.
- 2024-yil 25-dekabr - AQSh dollari (USD), Yevro (EUR), Angliya funt sterlingi (GBP), Xitoy yuani (CNY/CNH), Shveytsariya franki (CHF) va Janubiy Koreya voni (KRW) valyutalaridagi mablag’larini o’tkazish va/yoki konvertatsiya qilish boʻyicha arizalari ijroga qabul qilinmaydi (EUR/UZS, RUB/UZS va CNY/UZS valyuta juftliklarida konvertatsiya qilish uchun arizalar Bank bilan kelishilgan holda qabul qilinadi);
- 2024-yil 26-dekabr - Yevro (EUR), Angliya funt sterlingi (GBP), Xitoy yuani (CNY/CNH) va Shveytsariya franki (CHF) valyutalaridagi mablag’larini o’tkazish va/yoki konvertatsiya qilish boʻyicha arizalari ijroga qabul qilinmaydi (EUR/UZS va CNY/UZS valyuta juftliklarida konvertatsiya qilish uchun arizalar Bank bilan kelishilgan holda qabul qilinadi);
- 2024-yil 26-dekabr - USD/RUB va RUB/UZS valyuta juftliklarida konvertatsiya qilish uchun arizalarni bajarish uchun 2024-yilning oxirgi kuni;
- 2024-yil 27-dekabr - AQSh dollari (USD), Yevro (EUR), Angliya funt sterlingi (GBP), Xitoy yuani (CNY/CNH), Yaponiya iyenasi (JPY), Shveytsariya franki (CHF), Birlashgan Arab Amirliklari dirhami (AED) va Janubiy Koreya voni (KRW) valyutalaridagi mablag’larini o’tkazish va/yoki konvertatsiya qilish uchun arizalarni bajarish uchun 2024-yilning oxirgi kuni;
- 2024-yil 28-dekabrdan 2025-yil 8-yanvargacha – Rossiya rublidagi mablag’larini o‘tkazish va/yoki konvertatsiya qilish uchun arizalari qabul qilinmaydi;
- 2025-yil 3-yanvardan boshlab barcha to‘lov topshiriqnomalari odatdagidek qabul qilinadi (Rossiya rublidagi (RUB) to‘lov topshiriqnomalari bundan mustasno);
- 2025-yil 9-yanvar - Rossiya rublidagi (RUB) mablag’larini o’tkazish va/yoki konvertatsiya qilish uchun arizalarni ijroga qabul qilishning birinchi kuni;
Hisob-kitoblarni xorijiy valyutalarida amalga oshirayotganingizda ushbu xabarga e’tibor qaratishingizni so‘raymiz.