Rossiya rublidagi to‘lov topshiriqnomalari ijrosi bo‘yicha ma’lumot.
31.10.2024
Hurmatli Mijozlar,
Rossiya Federatsiyasida bayram kuni munosabati bilan "KDB Bank O‘zbekiston" AJ Rossiya rublidagi to‘lov topshiriqnomalarini quyidagi jadvalga muvofiq ijroga qabul qiladi:
· 04.11.2024 kuni to‘lov topshiriqnomalari va konvertatsiya qilish bo‘yicha arizalar qabul qilinmaydi (o‘zbek so‘mini Rossiya rubliga yoki Rossiya rublini o‘zbek so‘miga konvertatsiya qilish bo‘yicha arizalar bundan mustasno);
· 05.11.2024 dan boshlab barcha to‘lov topshiriqnomalari odatdagidek qabul qilinadi.
Hisob-kitoblarni Rossiya rublida amalga oshirayotganingizda ushbu xabarga e’tibor qaratishingizni so‘raymiz.