Birlashgan Arab Amirliklari dirhamidagi (AED) to'lov topshiriqnomalari ijrosi bo'yicha ma'lumot.

Hurmatli Mijozlar,

Birlashgan Arab Amirliklarida bayram kunlari munosabati bilan ''KDB Bank O‘zbekiston" AJ Birlashgan Arab Amirliklari dirhamidagi to'lov topshiriqnomalarini quyidagi jadvalga muvofiq ijroga qabul qiladi:

     2025-yil 1- aprel - Arab Amirliklari dirhamidagi (AED)
mablag`larini o`tkazish va/yoki konvertatsiya qilish bo`yicha arizalar ijroga qabul qilinmaydi (AED/UZS valyuta juftliklarida konvertatsiya qilish uchun arizalar Bank bilan kelishilgan holda qabul qilinadi);

    2025-yil 2- apreldan boshlab barcha to'lov topshiriqnomalari odatdagidek qabul qilinadi.

Hisob-kitoblarni Birlashgan Arab Amirliklari dirhamida (AED) amalga oshirayotganingizda ushbu xabarga e'tibor qaratishingizni so'raymiz