Yaponiya iyenasi (JPY) to'lov topshiriqnomalari ijrosi bo'yicha ma'lumot
09.02.2026

Hurmatli mijozlar,
Yaponiyada bayram kuni munosabati bilan ''KDB Bank O‘zbekiston" AJ Yaponiya iyenasi (JPY) to'lov topshiriqnomalarini quyidagi jadvalga muvofiq ijroga qabul qiladi:
• 11.02.2026 – Yaponiya iyenasidagi (JPY) mablag’larni o‘tkazish va/yoki konvertatsiya qilish boʻyicha arizalar ijroga qabul qilinmaydi (JPY/UZS valyuta juftliklarida konvertatsiya qilish uchun arizalar Bank bilan kelishilgan holda qabul qilinishi mumkin).
Hisob-kitoblarni xorijiy valyutalarda amalga oshirayotganingizda ushbu xabarga e’tibor qaratishingizni so‘raymiz.