Axborot xabari: Rossiya rublidagi (RUB) to‘lov topshiriqnomalarini ijro etish tartibidagi vaqtinchalik o‘zgarish to‘g‘risida.
29.10.2026

Hurmatli Mijozlar,
Rossiya Federatsiyasida rasmiy bayram kuni munosabati bilan “KDB Bank O‘zbekiston” AJ sizga shuni ma'lum qiladiki:
• 2026 yil 4-noyabr kuni Rossiya rubli (RUB) ishtirokidagi mablag‘larni o‘tkazish va/yoki konvertatsiya qilish boʻyicha arizalar ijroga qabul qilinmaydi.
Xorijiy valyutadagi hisob-kitoblarni rejalashtirishda ushbu ma'lumotni inobatga olishingizni so‘raymiz.
Hurmat bilan,
"KDB Bank O‘zbekiston" AJ