23.02.2024 da Rossiya rublidagi to'lovlar haqida ma'lumot xabari.

Hurmatli Mijozlar,

Rossiya Federatsiyasida bayramlar munosabati bilan “KDB Bank Uzbekistan” AJ quyidagi jadvalga muvofiq to‘lov topshiriqnomalarini Rossiya rublida qabul qiladi:

·         23.02.2024 - toʻlov topshiriqnomalari va konvertatsiya qilish boʻyicha arizalar qabul qilinmaydi;

·         26.02.2024 dan boshlab barcha toʻlov topshiriqnomalari odatdagidek qabul qilinadi.

Hisob-kitoblarni Rossiya rublida rejalashtirishda ushbu xabarni hisobga olishingizni so'raymiz.