Eksport akkreditivlarini diskontlash

Eksportni rag‘batlantirish va rivojlantirish maqsadida KDB Bank Uzbekistan to‘lov muddati kechiktirilgan eksport akkreditivini diskontlash xizmatini taklif etadi.

Eksport akkreditivini diskontlash – bu emitent bankdan yoki tasdiqlovchi bankdan hujjatlar qabul qilinganligi va akkreditiv bo‘yicha to‘lov amalga oshirilishi to‘g‘risida bildirishnoma olingandan keyin uning banki tomonidan Eksport qiluvchini qisqa muddatli moliyalashtirishdir.

Emitent bankning yoki tasdiqlovchi bankning xalqaro reytingi Ba3/BB- (O'rtacha xavf) dan past bo'lmasligi kerak.

Eksport qiluvchi uchun qulayliklar:

- Kapital aylanmasini tezlashtiradi. Eksport qiluvchi tushumni belgilangan muddatdan oldin oladi;

- Bozorni kengaytirish. Eksportchi o'z mijozlariga kechiktirilgan to'lovni taqdim etish orqali sotish geografiyasini kengaytirish imkoniyatiga ega bo'ladi;

- Moliyaviy holatdan qat'iy nazar mahsulotni olish imkoniyati. Eksport qiluvchining moliyaviy ahvoli baholanmaydi. Buning o'rniga emitent bankning yoki akkreditivni tasdiqlovchi bankining moliyaviy holati baholanadi;

- Garovsiz moliyalashtirish. Bunda garov sifatida emitent bankning yoki tasdiqlovchi bankning hujjatlarni qabul qilganligi va to‘lov haqidagi xabari xizmat qiladi;

- Xavfdan qochish. Valyuta kurslarining o'zgarishi bilan bog'liq havflarni kamaytiradi.

Import qiluvchi uchun qulayliklar:

- To'lovni kechiktirib to`lash. Import qiluvchi import qilingan tovar uchun kechiktirib to'lash imkoniyatiga ega bo'ladi.

 

Batafsil ma’lumotlar uchun KDB Bank O’zbekistonning Kredit bo‘limiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishingiz mumkim:

+998 78 120-27-97

+998 78 120-24-94

+998 78 120-80-00 (811, 794, 795, 797)