8 mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan tabriklaymiz!

Aziz va mo'tabar Ayollar, muhtarama Onaxonlar, qadrli opa-singillar,

AJ “KDB Bank O'zbekiston” Sizlarni nafosat va go`zallik bayrami 8 mart – “Xalqaro xotin-qizlar” kuni bilan chin yurakdan tabriklaydi!

Sizlarga dunyodagi eng bebaho boylik – tinchlik va xotirjamlik, sihat-salomatlik hamda oilaviy baxt-saodat tilaymiz. Sizning har bir kuningiz bayram, har bir oningiz bahor bo'lsin!