Chet el valyutasini sotib olish va sotish bo'yicha operatsiyalardagi o'zgarishlar

E’LON

Hurmatli Mijozlar,

Bank hisobraqamlaringizga ta’sir qilishi mumkinligini inobatga olgan holda, Sizga 2021-yil 15-fevraldan boshlab kuchga kirayotgan xorijiy valyuta sotish va sotib olish operatsiyalari bilan bog’liq quyidagi o’zgarishlarni ma’lum qilamiz:

1. Bank tariflariga o'zgartirishlar: 10.1.1, 10.1.5, 10.1.7-bandlarga o'zgartirishlar (komissiya to'lovini bekor qilish) va 10.1.6-bandni olib tashlash;

2. Xorijiy valyutani sotish va sotib olish amaliyotidagi o'zgarishlar: O'zRVBda xorijiy valyutani sotish / sotib olish amaliyotining bekor qilinishi – endilikda bunday operatsiyalar bankning o’zida hamda bank tomonidan o’rnatiladigan valyuta ayirboshlash kursida amalga oshiriladi;

3. Konversiya xizmatlarini ko'rsatish uchun yagona ommaviy taklifning joriy etilishi;

4. Konversiya xizmatlari uchun yangilangan ariza namunalari.

Bank Tariflariga kiritilayotgan o’zgartirishlar, shuningdek, joriy etilayotgan Ommaviy Taklif hamda yangilanayotgan ariza namunalari bo’yicha ma’lumotlarni Bankimiz veb saytidan (www.kdb.uz) yoki Mijozlarga Xizmat Ko’rsatish Bo’limiga murojaat qilgan holda olishingiz mumkin.

Qo’shimcha ma’lumot uchun yoki savollaringiz bo’lsa, Sizga biriktirilgan Mijozlar bilan ishlash Menejeriga murojaat qilishingizni so’raymiz.

Hurmat bilan,

«KDB Bank O’zbekiston» AJ